Toshkent viloyatida 18 ta maktab karantinga olindi
Toshkent viloyatidagi 18 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli mazkur maktablarda o‘quv jarayonlari masofaviy olib borilyapti.
Viloyat hokimligi Axborot xizmatining O‘zAga xabar berishicha, O‘rta Chirchiq tumanidagi 3, 54-sonli maktablar, Bo‘ka tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Chirchiq shahridagi 8, 9-sonli, Piskent tumanidagi 36-sonli, Parkent tumanidagi 22,51-sonli, Toshkent tumanidagi 9, 12, 17, 18-sonli hamda Olmaliq shahridagi 17-maktab, Nurafshon shahridagi 1-sonli maktablar o‘qish jarayonlarini to‘liq onlayn rejimda olib borishmoqda.
Shuningdek, O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabining 3 ta sinfi, Bo‘ka tumanining 6-maktabning 8 ta sinfi va 15-maktabning ham 1 ta sinf, Zangiota tumanidagi 34 sonli umumta’lim maktabining 3 ta sinflari karantin rejimiga o‘tkazilgan.
Mazkur maktablarning 30 nafar o‘quvchilari hamda 25 nafar o‘qituvchilarda “Covid 19” kasalligi borligi aniqlangan.