Toşkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Angren şahrining Yangiobod hududida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev iştirokida yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi. Unda yoşlarning bandligini taʼminlaş, işga joylaşiş va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvda 100 taga yaqin yoş özlarini öylantirayotgan masalalar, taklif va taşabbuslarini bildirdi. Har bir murojaat alohida tinglanib, ularning yeçimi böyiça masʼullarga topşiriqlar berildi. Şundan söng boşqarma va taşkilotlarning kadrlar böyiça masʼullari yoşlarning qiziqişi va imkoniyatlariga mos böş iş örinlarini taklif etdi.

Natijada iş sörab murojaat qilgan yoşlarning deyarli barçasi şu yerning özida işga joylaşiş uçun ariza yozdi. Yana bir guruh yoşlar kasb-hunar örganiş va harbiy xizmatga yönaltirildi.
***
Böstonliq tumanida Prezident Olimpiadasi dasturidan örin olgan velosportning şosse yönalişi böyiça musobaqalar bölib ötdi.

Mamlakatimizning barça hududlaridan 100 nafarga yaqin sportçi iştirok etgan bellaşuvlarda ösmir qizlar va ösmirlar örtasida 10 kilometr masofaga jamoaviy estafeta bahslari taşkil etildi. Qizğin va murosasiz keçgan musobaqalar yakuniga köra, Toşkent viloyati jamoasi muvaffaqiyatli iştirok etib, faxrli ikkinçi örinni egalladi va kumuş medallarga sazovor böldi.
Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi jamoasi birinçi örinni egallagan bölsa, Toşkent viloyati va Jizzax viloyati jamoalari mos ravişda ikkinçi va uçinçi örinlarni qölga kiritdi. Uşbu natija hududda velosportni rivojlantiriş, yoş isteʼdodlarni kaşf etiş va ularning sport mahoratini oşiriş borasidagi saʼy-harakatlarning samarasidir.
***
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengaşi raisi J.Aşurov boşçiligidagi delegatsiya Toşkent viloyatida bölib, hududda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, ijtimoiy soha obʼektlari va mahalliy Kengaşlar faoliyati bilan tanişdi.
Taşrif davomida mehmonlar Zangiota ziyoratgohi, Nurafşon şahridagi zamonaviy quriliş obʼektlari, “Vatanparvar” boği, vaziyatlar markazi, 103 xizmati hamda Xalq qabulxonasi faoliyatini közdan keçirdi. Şuningdek, Olmaliq şahridagi “Qalmoqqir” koni va yangi mis boyitiş fabrikasi, Çirçiq şahridagi Madaniyat uyi, şahar Kengaşi faoliyati uçun yaratilgan şaroitlar hamda zamonaviy gastronomik köça faoliyati bilan tanişildi.

Uçraşuv va muloqotlarda mahalliy Kengaşlar faoliyatini takomillaştiriş, deputatlik nazoratini kuçaytiriş, doimiy komissiyalar işini samarali taşkil etiş, şuningdek, aholini öylantirayotgan masalalarni hal qilişda özaro hamkorlikni rivojlantiriş kabi yönalişlarga alohida eʼtibor qaratildi. Taʼkidlanganidek, bunday taşriflar mahalliy Kengaşlar örtasida tajriba almaşiş, hududlarda özini oqlagan iş usullarini ommalaştiriş, deputatlik faoliyati samaradorligini oşiriş hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
A.Musayev,ÖzA