Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida Yangiyo‘l shahrida viloyat tibbiyot muassasalari, shahar va tuman Tibbiyot birlashmasi rahbarlari, mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda joriy yilning 7 may kuni Prezidentimiz raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘rib chiqildi. Ma’lumki, 2025 yil 1 iyuldan respublikaning 15 ta tuman(shahar)larida tajriba-sinov tariqasida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini joriy etish hamda tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulayliklar yaratish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiluvchi “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” dasturini samarali tashkil etish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bunda Yangiyo‘l shahri namuna bo‘ladi.

***

Toshkent viloyati prokuraturasi boshchiligidagi Ishchi guruhi tomonidan  O‘rta Chirchiq tumanida gaz ta’minoti bo‘limi ishchi-xodimlari amalga oshirgan ishlar ko‘lami ko‘zdan kechirildi.

Prezidentimizning 2025 yil 1 apreldagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mazkur jarayonda energiya balansini ishlab chiqish, ko‘rsatkichlarni bajarish, energiyani tejash dasturlari ijrosini ta’minlash kabi faoliyatlarni tashkil etishdan iborat.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir tumanda jami 461,6 kilometr gaz tarmoqlari mavjud. Hozirda 32 ta gaz taqsimlash punktlari to‘liq taftish qilindi. Mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda. Bu borada, ishchi guruh tomonidan Toshkent tumanida ham ishlar tizimli davom etmoqda.

Tadbirda ko‘zlangan asosiy maqsad eskirgan gaz tarmoqlaridan gaz sizib chiqish holatlarini aniqlash, hisobdonlarni xatlovdan o‘tkazish, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini fosh etishdan iborat.

***

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi. Dastlab, maktab bosqichlaridan saralab olingan jamoalar tuman bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Viloyat bosqichida 22 ta tuman-shaharlardan g‘olib jamoalar ishtirok etdi. Hakamlar tomonidan g‘oliblar aniqlandi. Jumladan, birinchi o‘rinni Yuqori Chirchiq tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabi jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘rinni Zangiota tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari, uchinchi o‘rinni esa Chirchiq shahar 15-sonli umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalarni Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Mahmud Yuldoshov pul mukofoti bilan taqdirladi. Ularga navbatdagi bosqichda ham muvaffaqiyat tiladi.

A.Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda