Ma’lumki, OKMK faoliyatidagi barcha sohalarga raqamlashtirish keng joriy etilmoqda. Navro‘z bayrami arafasida Raqamlashtirish departamenti hamda Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida “Ye-metrologiya” dasturiy ta’minoti ishlab chiqarishga tatbiq etildi.

“Raqamli OKMK-2030” dasturi doirasida ishlab chiqilgan mazkur tizim yordamida kombinat tarkibiy bo‘linmalaridagi 35 mingdan ziyod o‘lchash vositalariga avtomatik tarzda metrologiya xizmatlarini ko‘rsatish (qiyoslashdan o‘tkazish) amalga oshirilishi hamda ishlab chiqarishning metrologik ta’minotida tashkiliy vazifalar raqamlashtirilishi ko‘zda tutilgan. 

Dastur to‘liq ishga tushishi ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash, o‘lchash vositalarini ishonchli hisobga olish va nazorat qilish imkonini beradi. Hozirgi kunda korxonalardagi metrologiya xizmati mutaxassislari va o‘lchash vositalariga mas’ullar bilan qayd etish ishlari olib borilmoqda. 

*** 

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Timur Butunbayev Oqqo‘rg‘on tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi hamda mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi. 

Mazkur tumandagi 21 ta MFYda yashovchi 4 ming 867 nafar fuqaroga jami 1 ming 658 gektar yer maydoni ijara asosida berilgan. Hozirda tumandagi kollektor-drenaj tarmoqlarida o‘rdak boqishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar boshlangan. Vazirning birinchi o‘rinbosari tumanning “Qahramon”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Zarbdor” MFYdagi fuqarolarning tomorqalarini borib ko‘rdi. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM mas’ullariga aholiga tomorqalarini sug‘orish uchun o‘z vaqtida suv yetkazib berish, ichki ariqlarni tozalash bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

*** 

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Gandbol federatsiyasining hududiy bo‘limlari raislari va ijrochi direktorlari uchun qisqa muddatli o‘quv kursi o‘tkazilmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov tomonidan jarayon ochib berildi. Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramov, O‘zbekiston Gandbol federatsiyasi Bosh kotibi, Osiyo Gandbol federatsiyasining rivojlanayotgan mamlakatlarda gandbolni rivojlantirish komissiyasi raisi Ismoil Matxoliqov, universitet prorektorlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda federatsiya mas’ullari  ishtirok etdi.

Mazkur o‘quv kursida gandbol sport turini yanada rivojlantirish, istiqbolli rejalar, mavjud muammolar va ularning yechimi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, mamlakatimizda sport o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar tizimiga yangicha yondashuvlarni kiritish hamda sport tadbirlarini samarali tashkil etish va o‘tkazishda boshqarish mahoratiga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. 

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda