Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Turkiya landshaft me’morlari palatasi raisi hamda Amerika landshaft me’morlari jamiyati a’zosi Barish Ishik bilan muloqot o‘tkazdi. Unda mehmonlarga Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tayotgan yangi istiqbolli o‘zgarishlar, shu bilan birga turizm, biznes hamda boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar tanishtirildi.

Turkiyaning “Mdesign & Işik Peyzaj” korxonasi vakillari dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarida bir qator landshaft me’morligi loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Kelgusida korxona vakillari Toshkent viloyati hududida ham yirik zamonaviy landshaft parklar tashkil etishni rejalashtirgan. Zoyir Mirzayev mazkur loyihalarga katta qiziqish bildirdi va Nurafshon shahrida amalga oshiriladigan amaliy ishlarga ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirdi. 

***  

Olmaliq shahrida Yoshlar markazi foydalanishga topshirildi. Tadbirning rasmiy ochilish marosimida nuroniylar, shahar sektor rahbarlari, hamkor korxona-tashkilot vakillar ishtirok etdi. Markaz hudud yoshlari uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Bu yerda ular uchun nafaqat bilim olish, balki o‘zaro muloqot qilish va yangi do‘stlar orttirish uchun barcha imkoniyatlar bor. Tadbirda “Beshta tashabbus olimpiadasi” bo‘yicha g‘olib bo‘lgan iqtidorli yoshlar sektor rahbarlari tomonidan taqdirlandi. Shundan so‘ng binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.  

***  

Yurtimizga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi viloyat bojxonachilari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda. Xususan, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona post orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi. O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan,  fuqaroning bel va oyoq qismlariga yashirib olingan 116 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.  

***  

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida shaxmat bo‘yicha “Toshkent viloyati hokimi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan 100 nafarga yaqin ishtirokchi dona surdi. Hakamlar tomonidan jarayonlar tegishli tartibda kuzatib borildi va yakunda g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.  

– Ushbu musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdim, – deydi Almas Rahmatullayev. – Shaxmat xotirani mustahkamlaydi hamda kishini fikrlash va oqilona qaror qabul qilishga o‘rgatadi. Yoshlar hamda hayotiy tajribaga ega insonlarni bir joyga jamlab, bu kabi ezgu tashabbuslarni ommalashtirayotgani uchun musobaqa tashkilotchilariga  minnatdorlik bildiraman.  

A.Musayev,O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda