Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri respublika tanlovining saralash (sektor) bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan jamoalar tuman-shahar bosqichida qatnashish imkoniga ega bo‘ldi.

Jarayonlar 28 fevral kunigacha davom etadi va 163 ta jamoa 2 ta shart asosida o‘zaro bellashadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, “Turon” maktab teatri respublika tanlovi uchun Toshkent viloyatidan ko‘plab maktab jamoalari ishtirok etish istagini bildirgan. 

*** 

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Kambag‘al oilalarni daromadini oshirish, aniqlangan muammolarini bartaraf etish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xarita” ijrosi alohida nazoratga olingan. 

Xususan, joylardagi 13 ta kambag‘al oilaga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi va 5 ta oilaning yashash xonadonini ta’mirlash uchun homiylik mablag‘lari hisobidan qurilish materiallari yetkazib berildi. Ayrim aholi yashash xonadonlarining ichki va tashqi hovlilari chiqindilardan tozalandi. Shuningdek, 11 nafar kambag‘al oilaning 68 sotix yer maydoni shudgorlanib, poliz va   sabzavot mahsulotlarini ekishga tayyorlab qo‘yildi. 

Shu bilan birga, aholining tomorqa yer maydonini suv bilan ta’minlash dasturi doirasida suv qudug‘ini qazish jarayonlari bilan tanishilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. Qo‘rsoy mahallasidagi gaz quvurining 800 metr qismida tashqi bo‘yoqlash ishlari amalga oshirilib, aholiga ichimlik suvini taqsimlash inshootidagi suv qattiqligini norma talablariga moslovchi xlorator uskunasi o‘rnatilishi ta’minlandi. 

*** 

Hindistonning Dehli shahrida o‘tkazilayotgan “SATTE-2025” xalqaro turizm ko‘rgazmasida Toshkent viloyati delegatsiyasi ham faol qatnashmoqda. Xususan, unda turizm sohasi mutaxassislari va tadbirkorlar tomonidan Toshkent viloyatining sayyohlik imkoniyatlari tanishtirildi. 

Jarayonda tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari va Turizm boshqarmasi mas’ul xodimlari Hindistonning ko‘plab sayohat kompaniyalari, tur firmalar rahbarlari bilan manfaatli kelishuvlarga erishdi. Ziyorat, tibbiyot, gastronomik, ekstremal va ekoturizm yo‘nalishlariga oid taqdimotlar barchada qiziqish uyg‘otdi. 

Bundan tashqari Toshkent viloyati Turizm boshqarmasi mas’ul xodimlari Saudiya Arabistoni, Tayland, Indoneziya, Ozarbayjon, Malayziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va shu kabi boshqa mamlakatlardan kelgan rasmiylar bilan infoturlar, V2V uchrashuvlari tashkil etish yuzasidan ham memorandumlar imzoladi. 

*** 

Bo‘stonliq tumanidagi “Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida tashkil etilgan “Chimgan Challenge – 2025” qishki sport festivali o‘z yakuniga yetdi. Mamlakatimizdagi barcha vazirliklar, yuqori turuvchi respublika tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan sport targ‘ibotchilari bir qator sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. 

Sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, vazir maslahatchisi Sharifjon Mo‘minjonov hamda tashkilotchilar tomonidan festival doirasida o‘tkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etgan vazirlik va idoralarning g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi. 

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati sport xabarlari – qisqa satrlarda