Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, viloyat Kengashi deputatlari, tegishli boshqarma va tashkilot mutasaddilari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibiga kiritilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha Toshkent viloyati hududida bir mandatli saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida Markaziy saylov komissiyasiga taqdimnoma kiritish borasidagi masala ko‘rib chiqildi.

Xususan, Saylov kodeksining 88-moddasiga 27 oktyabr kuni Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman-shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi deputatlik o‘rinlari soni viloyat aholisi sonidan kelib chiqqan holda 60 ta etib belgilandi.
Shundan so‘ng, 2025–2027 yillarda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Yangiyo‘l tumanlarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash, 2024–2025-yillarda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha qilinadigan ishlar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, O‘rta Chirchiq tumanida sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar, ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida samarali loyihalar qilinadi. Jumladan, tadbirkorlar mablag‘lari hisobidan jami ming o‘rinli 5 ta oilaviy nodavlat bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu orqali bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlar bilan qamrovini 80 foizga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Sessiyada deputatlar joylarda amalga oshirilishi belgilangan loyihalar borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Bundan tashqari, mablag‘ taqsimlash, mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish, shuningdek, joriy yilning 6 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
A.Musayev,O‘zA.