O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Yangi O‘zbekiston universiteti hamkorligida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda universitet talabalari uchun amaliy safar – press-tur tashkil etildi.

Ushbu safar davomida qatnashchilar Toshkent viloyatida joylashgan bir qator tarixiy va arxeologik yodgorliklar, xususan, Piskent tumanidagi “Qorixona” yodgorligi, Ohangaron tumanidagi Tunkat va Suyurlitepa yodgorliklarida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar jarayoni bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. 

Dastlab jurnalistlar Olmaliq kon metallurgiya kombinati madaniyat saroyining faoliyati bilan tanishdilar. Madaniyat saroyida ikkita muzey joylashgan bo‘lib, bittasida Tunkat va Suyurlitepa arxeologik yodgorliklaridan topilgan osori atiqalari jamlangan. 

So‘ng XVI asrga tegishli Qorixona arxeologik yodgorligi tanishtirildi. 

Ushbu yodgorlik — Qurama tizmasining shimoliy qismidagi Olmaliq shahridan janubiy-sharqqa qarab ketadigan 26 km. masofada (Qovuldi koni yaqinida), Nanaysoyning chap qirg‘og‘ida joylashgan. Ushbu o‘n olti metr balandlikdagi do‘nglikning ichi o‘yilib, uch qavatli holda 18 ta hujra hozirlangan. Har bir qavatning o‘rtasi  o‘n metrli xonalararo xizmat qiluvchi yo‘lak, ikki yonda esa uchtadan hujra mavjud. Qavatlar orasida oddiy soz tuproq zinaga aylantirilgan. Shimol tomondan birinchi qavatga kiraverishdagi dastlabki chap hujrada eshon — Eshmat Hojixon eshonning  jasadi ko‘milgan. 1934 yilda  professor M.Ye.Masson tomonidan o‘rganilgan ushbu inshootning hayratlanarli jihati shuki, unda birorta yog‘och, g‘isht, tosh, guvala yoki loy ishlatilmagan. 

Tunkat Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan so‘nggi antik va ilk o‘rta asrlar (IV-XII)ga tegishli manzil hisoblanadi ham dengiz sathidan balandligi 607 m joylashgan, maydoni esa 180 ga teng.   

Ohangaron vodiysining qadimgi va o‘rta asrlarda ma’dan ishlab chiqarish tarmoqlari yuksak darajada rivojlangan iqtisodiy-xo‘jalik, sanoat markazi hisoblangan. Tunkat tog‘ sanoati, ya’ni qora va rangli metall xomashyosi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan markaziy shahridir.

2024 yilda topib o‘rganilgan Tunkat yodgorligiнинг shahriston qismidagi ustaxona o‘rnida joriy yil may oyida tadqiqotlar olib borilib, dehqoni Muhammad ibn Mansur farmoniga ko‘ra zarb etilgan mis tanga aniqlangan. XII asrga tegishli bu Tunkatda o‘sha davrlarda zarbxona mavjud bo‘lganligini tasdiqlaydi. 

Eng dastlabki materiallar miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmidan qolgan bo‘lib, bu davr Xarashket kabi shaharlarning gullab-yashnagan davriga to‘g‘ri keladi. Sinxron qatlamlarda Choch janubiy yo‘llar bo‘ylab boshqa shaharlar ham mavjud. Biroq, Tunkatning ushbu davrda mudofaa devorlari qayd etilmagan, shuning uchun u mustahkamlanmagan qishloq sifatida faoliyat yuritgan bo‘lishi mumkin. Uning vodiy markazi va konlarga olib boruvchi yo‘llardagi joylashuvi shaharning tez rivojlanishiga va mustaqil davlat sifatida shakllanishiga olib kelgan. 

Suyurlitepa yodgorligi esa — Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Qorabuloq qishlog‘ida joylashgan. U Iloq mulkchiligining muhim shaharlaridan biri hisoblanib, so‘nggi antik, ilk va o‘rta asrlar davriga oid yodgorlik (IV-XII)dir. Dengiz sathidan balandligi 752 m.da joylashgan. 1960 yilda akademik Y.F.Buryakov tomonidan qayd etilgan Suyurlitepaning nomi Seviltepa yoki Munchoqtepa shaklida tilga olinadi.

Suyurlitepa yodgorligi hududining kattaligi jihatidan Toshkent vohasining Qanqa (Xarashket) (160 ga), Tunkat (120 ga), Banokat (Shohruxiya) shaharlaridan keyingi o‘rinlarda turadigan yodgorlikdir. Suyurlitepa yodgorligida shaharga xos barcha elementlar mavjud bo‘lgan. Misol uchun vag‘nze (diniy hokimiyat) mulki, ark (arki a’lo, ko‘xandiz), aholi turar-joylari – shahriston, shaharning tashqi qismida – rabot hamda shahar qabristonlari aniqlangan.

Shaharda eng yirik qazishma ishlari 2012 yilda yodgorlikning shimoli-g‘arbiy chekkasidagi eng baland tepalikda, akademik A. Asqarov va uning shogirdlari tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. Natijada bu yer otashparastlik ibodatxonasi o‘rni ekanligi haqidagi xulosalar berilgan. 2020 yili ark (hukmdor qarorgohi) deb taxmin qilingan qismning shimoli-g‘arbiy burchagida 15x20 metr o‘lchamdagi hududda qazishma ishlari olib borilib, bu joy arkning shimoli-g‘arbiy qismidagi minoralardan biri (kazarma o‘rni) ekanligi isbotlangan. Yodgorlikning yoshini aniqlash maqsadida uzunligi 50 m, eni 5 metr bo‘lgan transheya qazib tushilgan, uning yuqori qatlamlari milodiy IV asrga oid, eng quyi qatlamlari esa XII asrga oid degan xulosaga kelingan.

2022–2023 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi va Tarix instituti ilmiy xodimlaridan iborat jamoa tomonidan yodgorlikning bir nechta nuqtalarida qazishma ishlari amalga oshirilgan. Suyurlitepa arkidan shimoli-g‘arbda, ibodatxona mulkiga tegishli deb taxmin qilingan nisbatan balandroq tepaliklardan biri ochib o‘rganilib, bu yer ilk o‘rta asr zodagonlaridan biriga tegishli qasr o‘rni ekanligi ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari, shaharning ichki va suv yo‘llari, shahar shakllanishidan oldinroqqa tegishli yarim yerto‘lalardan iborat turar-joylar, 3 xil davr, turdagi qabrlar ochib, tadqiq etilgan. Natijada Qang‘ davlati, Turk xoqonligi, arablar bosqini, somoniylar, qoraxoniylar va mo‘g‘ullar boshqaruvi davriga oid boy ashyolar, tangalar, sopol idishlar (sirlangan va sirlanmagan laganlar, kosalar, xumlar va hokazolar), kamon o‘qining uchlari, shisha idishlar, turli xil taqinchoqlar, suyakdan qilingan taroqlar va boshqa ko‘plab tarixiy buyumlar topilgan.

Keyingi tadqiqotlar esa shahar hududidagi hayot milodiy III – IV asrlardan toki XIII asr boshlariga qadar davom etganligini ko‘rsatadi. Yodgorlik Shosh-Iloq hududidagi shaharlarning shakllanishi va rivojlanish suratini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu qiziqarli tarixiy ma’lumotlar press-tur ishtirokchilarida katta tassurot qoldirdi. Sayohat ishtirokchilarga nafaqat ilmiy tadqiqot jarayonini kuzatish, balki bevosita arxeologlar va mutaxassislar bilan muloqot qilish, tarixiy ob’ektlar haqida o‘rganish va amaliy bilimga ega bo‘lish imkonini berdi.

Fanlar akademiyasi va Yangi O‘zbekiston universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu tashabbus tarixiy merosni saqlash va ommalashtirish, yoshlarning ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirishda xizmat qiladi.   

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QItBUQTwFig" title="Toshkent viloyati ostidagi tarix: Qazilmalar qanday sirlarni ochmoqda?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, A.Suyunov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati ostidagi tarix: Qazilmalar qanday sirlarni ochmoqda? (+video)