Toshkent viloyati jamoasi final bahsida
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “Universiada – 2019” sport o‘yinlari doirasida gandbol bo‘yicha hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “Universiada – 2019” sport o‘yinlari doirasida gandbol bo‘yicha hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent shahar, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalaridan iborat jamoalar final bosqichi yo‘llanmasi uchun bahslashdi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘tkazilgan bellashuvning har ikki bahsi – yigitlar va qizlar o‘rtasida ham mezbon sportchilar – Toshkent viloyati jamoasi g‘alaba qozonib, final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Viloyat jismoniy tarbiya boshqarmasidan ma’lum qilishicha, “Universiada – 2019” sport o‘yinlari doirasida poytaxtimizda o‘tkazilgan basketbol bo‘yicha hududiy saralash bahslarida ham Toshkent viloyatining o‘g‘il va qizlar jamoasi poytaxt, jizzaxlik va sirdaryolik raqiblarini mag‘lub etib, final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.