Toshkent viloyati delegatsiyasi Mo‘ynoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida Toshkent viloyati hokimligi Mo‘ynoq tumaniga biriktirilgan.
Bugun viloyat delegatsiyasining Mo‘ynoq tumaniga tashrifi boshlandi. Nukus xalqaro aeroportida mehmonlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariyev kutib oldi.

Mehmonlar Mo‘ynoq tumanida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, yangi ob’ektlarning ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Jumladan, tuman markazidagi xiyobon hududida tashkil etilgan shoxobchalar, sport maydonchalari, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, “Hokim ota” ovul fuqarolar yig‘inidagi ziyoratgohda tashkil etilgan kutubxona va obodonlashtirish ishlari,“Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig‘ini binosi, ushbu hududdagi 15-umumta’lim maktabi, sport maydonchasi, “Bo‘zatov” hamda “Tiko‘zak” ovul fuqarolar yig‘inlari hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishadi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA