Prezidentimizning 2018 yil 13 iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida sud raislari tomonidan har chorakda sudlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokida brifinglar o‘tkazish vazifasi belgilangan edi.

Bugungi kunda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar sudyalarga hamda sud xodimlariga katta mas’uliyat yuklashi bilan birga, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan.

Toshkent viloyat sudida viloyat sudlari va viloyat ma’muriy sudi tomonidan ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yil yakunlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab viloyat sudi raisi Dilshod Tadjibayev tomonidan viloyat sudining fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) hamda tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan o‘tgan yil davomida odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan birinchi instansiyada jami 55 ming 376 ta ish va materiallar ko‘rilgan bo‘lib, 2023 yilga nisbatan 20,3 foizga ko‘paygan. Shuningdek, sudlarda jami 81 ming 693 ta arizalar bo‘yicha sud buyruqlari chiqarilgan. Hal qiluv qarorlari bo‘yicha chiqarilgan ishlarning 88,1 foiz da’vo talablari qanoatlantirilgan.  

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlangan jami 8149 nafar shaxslarning 2455 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 2448 nafariga ozodlikni cheklash, 2126 nafari axloq tuzatish ishlari, 900 nafariga jarima, 22 nafariga majburiy jamoat ishlari, 8 nafariga muayyan huquqdan mahrum qilish, 1 nafariga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazo choralari tayinlangan. Ko‘rib tamomlangan ishlar bo‘yicha shaxslar toifasi tahlil qilinganida, ularning 10,5 foizini ayollar, 3,6 foizini voyaga yetmagan shaxslar, 5,1 foizini 60 yoshdan oshganlar, 37,4 foizini yoshlar, 1,4 foizini chet el fuqarolari, 0,4 foizini fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tashkil etgan.  

Brifingda  Toshkent viloyati ma’muriy sudi raisi Azizjon Ernazarov ham ishtirok etib, viloyat ma’muriy sudi va Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyat sudlari faoliyati sarhisob qilindi