Mamlakatimizda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida kadrlar tayyorlash tizimi mazmun va sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, tibbiyot yo‘nalishida ilg‘or ta’lim standartlari asosida yuqori bilimga ega mutaxassislar tayyorlash, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilyapti. Buni birgina Toshkent tibbiyot akademiyasi faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.

O‘tgan yili ushbu ta’lim muassasasining yangi rekonstruksiya qilingan bosh o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, bu yerda ta’lim sifatini yaxshilash, soha xodimlari malakasini oshirish, xorijdagi yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etishga alohida e’tibor berilyapti.

Natijada bugunga kelib, akademiya nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tibbiyotiga oliy ma’lumotli yetuk mutaxassislar tayyorlaydigan yurtimizdagi tayanch tibbiy oliy ta’lim muassasasiga aylandi.

O‘quv yurti chin ma’noda raqamli (smart) oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, 7 ta fakultetda 14 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 44 ta magistratura mutaxassisligi, 32 ta ordinatura, 35 ta doktorantura ixtisosligi, 7 ta internatura mutaxassisligi bo‘yicha 14 ming nafardan ziyod yoshlar tahsil olmoqda. E’tiborlisi, ularning qariyb 2000 nafari xorijlik talabalardir.

Muassasada ta’lim oluvchilarga barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ularning amaliyot o‘tashlari, kasb malakalarini egallashlari uchun zamonaviy Simulyatsiya markazi, “Elektron kutubxona” platformasi, 44 turdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot uskunalari bilan jihozlangan Biotibbiyot texnologiyalar, Til o‘rgatish hamda Raqamli tibbiyot markazlari faoliyat yuritmoqda.

Joriy yil akademiya Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha mustaqil xalqaro akkreditatsiya va reyting agentligi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Natijada ushbu o‘quv muassasasi Yevropa va jahon ta’lim makonida tan olingan maqomga ega bo‘ldi. 

Shuningdek, uning bitiruvchilari endilikda xorijning istalgan universitetida ta’limni davom ettirishi va ishga joylashish uchun litsenziya olishi mumkin.

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tgan Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqichiga qabul qilingan yigit-qizlar ishtirokidagi “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirida ana shular haqida so‘z yuritildi. Yig‘ilganlarga akademiya faoliyati to‘g‘risidagi film va iqtidorli talabalarning yutuqlari ifodalangan videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, bir guruh professor-o‘qituvchilarning fidokorona mehnatlari alohida e’tirof etilib, ularga “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” va “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Marosim so‘ngida 2000 nafarga yaqin birinchi bosqich talabalari o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod qildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent tibbiyot akademiyasi – oliy ma’lumotli yetuk mutaxassislar tayyorlaydigan tayanch tibbiy oliy ta’lim muassasasi