Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan innovatsion yangi NFC (Near field communication) nomli texnologiya joriy qilindi.
bugungi kunda Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlarining barchasi NFC (Near field communication) - juda ixcham bo‘lgan qurilmalari bilan ta’minlandi. Mazkur vosita qurilmalar o‘rtasidagi aloqani ta’minlab, kontaktsiz operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
Tabiiyki barchamizda NFC Moduli o‘zi nima va u qayerda ishlatiladi?, degan savol tug‘iladi. Ushbu moduldan asosan to‘lov tizimi sifatida foylanilgan. Masalan, humo bank plastik kartalari.
NFC dasturidan endilikda, fuqaroning shaxsiy ma’lumotlarini tizimga bir necha daqiqalarda avtomatik ravishda to‘ldirilishida, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatilishida foydalaniladi.
Bu o‘z navbatida markaz xodimlariga hamda fuqaroning o‘ziga bir qancha qulayliklarni yaratadi. Bunda fuqarolar tomonidan markaz hodimlariga shaxsini tasdiqlash bilan bog‘liq hech qanday ma’lumot va hujjatlar berilishi hamda to‘ldirilishi talab etilmaydi. Birgina ID kartaning taqdim etilishi va ID karta NFS qurilmasiga tekkizilishining o‘zi yetarli - ma’lumotlar tizimga joylashadi.
Hozirda Toshkent shahridagi barcha tuman markazlarida ushbu qurilmadan foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kelgusida 150 dan ortiq xizmatlar mazkur qurilma orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qurilmalar Toshkent shahridagi davlat xizmatlar markazlariga sinov tariqasida ishga tushirildi.
F.RAHIMOVA,
Davlat xizmatlari agentligi
Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimi