Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmaci tomonidan joriy yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘lim xodimlari tomonidan 2025 yil 6 oyi davomida poytaxtimiz hududida amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 2 ming 188 ta holatda 35,8 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlangan.

Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p yerga oid huquqbuzarlik Sergeli (241 ta holatda 6,5 gektar), Mirobod (231 ta holatda 1,1 gektar), Mirzo Ulug‘bek (226 ta holatda 3,8 gektar), Yashnobod (214 ta holatda 2 gektar) hamda Olmazor (210 ta holatda 2,9 gektar) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Aniqlangan mazkur holatlarni bartaraf etish yuzasidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 1 ming 370 ta holatda 14,7 gektar yer qonunbuzilishi fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari asl holatiga qaytarildi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan 16,3 gektar yer maydonlarida qurilgan noqonuniy qurilmalarni buzdirish yuzasidan sudlarga 749 ta da’vo arizalari kiritildi. Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan 21 ta ish materiali o‘rnatilgan tartibga muvofiq prokuratura organlariga yuborildi.

– Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan fuqaro va tadbirkorlarning sohaga oid masalalarini ijobiy hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bahromjon Abdumalikov. – Xususan, 2025 yilning o‘tgan 6 oyida boshqarma va tuman bo‘limlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3 ming 420 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 2 ming 95 tasi qanoatlantirilgan, 712 tasi yuzasidan tushuntirish berilgan, 15 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 598 ta murojaat boshqa idoraga yuborilgan. Tumanlarda o‘tkazilgan sayyor qabullarda jami 34 ta murojaat o‘rganilib, 21 tasi ijobiy hal etilgan, 13 tasi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berilgan.

[gallery-24356]

Bugungi kunda aholiga 10 dan ortiq turdagi kadastr xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Murojaatlar Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib, ijrosi ta’minlanyapti.

Ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasportini tayyorlash bo‘yicha jami 84 ming 302 ta ariza kelib tushgan. Shundan 68 ming 172 ta ariza ijobiy yakunlanib, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yer uchastkalari hamda ko‘chmas mulklarga kadastr pasportlari shakllantirib berilgan. Ayni yo‘nalishdagi murojaatlarning 12 ming 987 tasi rad etilgan bo‘lsa, 985 tasi jarayonda. Tayyorlangan eng ko‘p kadastr pasportlari Mirzo Ulug‘bek (7 674 ta), Yashnobod (7 542 ta), Yunusobod (6 587 ta) va Sergeli (6 416 ta) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha jami kelib tushgan 110 ming 262 ta arizadan 84 ming 497 tasi ijobiy hal bo‘lgan, 19 ming 416 tasi rad etilgan, 3 ming 814 ta ariza jarayonda.

Jami mavjud bo‘lgan 43 ming 467 gektar yer maydonidan 13 ming 104 gektarining UZKAD dasturida elektron xaritasi yaratilgan. Dasturda elektron xaritasi yaratilgan yer uchastkalari soni 59 ming 428 tani tashkil qiladi. Mazkur yer uchastkalarining 48 ming 684 tasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlangan bo‘lsa, 1 ming 312 tasi dasturda foydalanuvchi sifatida hisobga olingan.

Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha jami 10 ming 839 ta ariza kelib tushgan. Shundan 6 ming 564 ta ariza ijobiy yakunlangan, 3 ming 423 tasiga order shakllantirilgan. Ayni yo‘nalishdagi murojaatlarning 4 ming 180 tasi rad etilgan bo‘lsa, 95 ta ariza jarayonda.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 maydagi 282-sonli qaroriga asosan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotish uchun 2025 yilda jami 1 ming 20 ta (180 gektar) yer maydoni “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan.

Elektron auksion savdo maydonchasiga chiqarilgan 231 ta (28,31 gektar) yer uchastkalaridan 169 tasi (12,25 gektar) sotuvda, 62 ta (16,07 gektar) yer uchastkalari auksionda sotib olingan.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonuniga binoan 2024 yilda Toshkent shahridagi 146 ta mahallada xatlov ishlari amalga oshirildi. 2025 yil yakuniga qadar esa 245 ta mahallada ko‘chmas mulklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, 10 iyul holatiga Toshkent shahrida 22 ming 390 dan ziyod ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazildi. Shundan 10 ming 655 ta hujjat UZKAD dasturiga kiritildi, 2 ming 83 ta ob’ekt hujjatlari “E’tirof” Avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazilgan. Muhokamada turgan ob’ektlar soni 1 ming 816 tani, e’londagilari 267 tani tashkil qiladi.

Ushbu xalqparvar siyosat fuqarolarning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularda o‘z uy-joyini qonuniy rasmiylashtirib olish, boshqa shaxsga sotish, oila a’zolarini doimiy ro‘yxatga qo‘yish huquqi paydo bo‘ladi. Shuningdek, mulkdorlar endi uylarini ta’mirlash yoki qo‘shimcha qurilish qilish uchun imtiyozli kreditlar olishi, uy-joy jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladigan hollarda, qonunga muvofiq kompensatsiya talab qilishi mumkin bo‘ladi.

Shahnoza Mamaturopova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida 35,8 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlangan