O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi yuzasidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, Toshkent shahrida ham xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar xususida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bosh mutaxassisi Mahmudjon Azimov quyidagilarni ma’lum qildi.

– Qonun 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi va hujjatlashtirish amaliyoti uch yildan ziyod vaqt davomida to‘liq amalga oshirilishi belgilangan. Xech bir mahalla e’tibor va xatlovdan chetda qolib ketmaydi.  

Shuningdek, fuqarolarda mazkur jarayon va xatlov natijalarini onlayn kuzatish imkoniyati ham mavjud.

Ma’lumki, 2024 yil poytaxt hududidagi 146 ta mahallada xatlov ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, joriy yil yakuniga qadar yana 245 ta MFYda ko‘chmas mulklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Birgina, Toshkent shahrida xatlov jarayonlariga 170 ga yaqin kadastr xodimlari safarbar qilingan. Joriy yil 20 may holatiga 21 ming 25 ta ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazildi. Shundan, xatlovdan o‘tkazilgan 15 ming 400 dan ortiq ko‘chmas mulk ob’ektining xatlov jamlanmalari shakllantirilib, respublika ishchi guruhiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.

Fuqarolar o‘z hududida xatlov ishlari qachon o‘tkazilishini bilib olishi uchun kadastr.uz saytiga kirib dastlab kerakli hudud, keyin tuman yoki shaharni tanlashi va qidiruv tugmasini bosishi kerak bo‘ladi. Shu orqali tanlangan manzildagi mahallalar jadvali kelib chiqadi. Agarda ro‘yxatdan izlangan mahalla nomi chiqmasa, bu mahalla 2025 yildan keyingi bosqichda xatlovdan o‘tkaziladi.  

Agar xatlov jarayonida kadastr xodimlari belgilangan vakolatlaridan chetga chiqib, tamagirlik qilsa yoki korrupsion harakatlarni amalga oshirsa, u holda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining +99871 231-68-51 (ichki 246) hamda +99897 411-01-15 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘raladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida 21 mingdan ortiq ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazildi