Shahar ko‘chalarini kezarkansiz har qadamda reklama tablolarini ko‘rasiz. Mazkur reklama ob’ektlari qonuniymi yoki yo‘qmi qiziqmay ishonib ketavergan paytlarimiz ham bo‘lgan. Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda noqonuniy reklamalarning tarqalishiga chek qo‘yiladi.
Xususan, Toshkent shahar hokimining 2024 yil 16 iyuldagi qaroriga muvofiq, joriy yilning 1 iyuniga qadar qonuniylashtirilmagan tashqi reklama ob’ektlari poytaxt yo‘llaridan olib tashlanadi.
Demontaj ishlari Toshkent shahar hokimligi huzuridagi "Raqamli rivojlanish departamenti" MCHJ tomonidan amalga oshirilib, ob’ektlar elektr ta’minotidan uziladi. Milliy gvardiya xodimlari esa demontaj ishlari vaqtida jamoat xavfsizligini ta’minlashda ko‘mak beradi.
Mazkur ishlar yil yakuniga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA