Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi joriy yil 13 fevral holatiga ko‘ra, jahonda uchinchi o‘rinni egalladi. Bu bo‘yicha ma’lumotlar real vaqt rejimida faoliyat yurituvchi IQAir portalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, poytaxtdagi PM2.5 konsentratsiyasi hozirda JSST tavsiya qilgan yillik o‘rtacha havo sifatidan qariyb 28,4 baravar yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatmoqda. Prognozlarga ko‘ra, Toshkent havosining ifloslanish ko‘rsatkichi 11-12-13 fevral kuni eng yuqori – 196 havo sifati indeksini ko‘rsatadi. Qolgan kunlari ifloslanish darajasi biroz pasayishi kutilmoqda. 

Shahar havosining ifloslanishiga avtomobillarning haddan tashqari ko‘pligi, eski modeldagi mashinalar havoga ko‘proq zararli moddalar chiqarishi, shuningdek, fabrikalar, zavodlar, sanoat hududlari hamda elektr stansiyalaridan chiqadigan tutunlarni sabab qilib keltirilmoqda. 

Xo‘sh, atmosfera havosining ifloslanishi inson organizmiga qanday ta’sir qiladi? Mutaxassislar tomonidan PM2.5 zarrachalaridan himoyalanish bo‘yicha qanday tibbiy tavsiyalar berilgan? 

Soha vakillarining ta’kidlashicha, atmosfera havosidagi muallaq zarrachalar – RM2,5 zarrachalar nafas yo‘lidan o‘tuvchi zarrachalardir. Chunki ular gaz almashinuvi sodir bo‘ladigan alveolalar va o‘pka kapillyarlari, tizimli qon oqimi, turli organlarga kirib, to‘qimalarning hujayralariga bevosita mahalliy ta’sir ko‘rsatadi. 

Mayda dispers zarrachalar hujayra membranalariga kirib borish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, ularning organlar va to‘qimalarda surunkali to‘planish xavfi mavjud. Atmosfera havosida RM10 va RM2ning yuqori konsentratsiyasiga uzoq muddatli ta’sir qilish yallig‘lanish, kanserogen, teratogen, sitotoksik ta’sirga ega bo‘lib, allergopatologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi va insonning umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiladi. 

PM2.5 dispers zarrachalaridan himoyalanish bo‘yicha bir qator tibbiy tavsiyalar taqdim etildi. Xususan, xona yoki inshootlarning pol va tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni tozalash lozim. Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, xonalarga nam sochiqlarni osib qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Uyning derazalarini yopiq holda saqlash tavsiya etiladi. Ayniqsa, kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zichlab yopish kerak. 

Ko‘proq suv ichish, ochiq havoda harakat qilishni cheklash tavsiya etiladi. Tez-tez dush qabul qilish zarur. Ayniqsa, tashqaridan uyga kirgach, bu jarayon nafas olishni yengillashtiradi. Og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma bilan yuvib tashlash kerak. 

Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar tibbiy niqobdan foydalanishi va ularni har 2 soatda almashtirishi zarur. Ko‘zlarni yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzadan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahri havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha uchinchi o‘rinda