Toshkent metropolitenida yangi qulaylik: “Yer usti halqa yo‘li”da harakat vaqti uzaytirildi
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar uchun yana bir qulaylikni joriy qildi. Endi “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar harakati avvalgidan ertaroq — soat 05:00 dan boshlanadi. Ilgari ushbu yo‘nalishda qatnovlar soat 06:00 da yo‘lga qo‘yilar edi.
Mazkur o‘zgarish yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, ayniqsa erta tongda ish yoki o‘qishga yo‘l oluvchilar uchun yanada keng imkoniyatlar taqdim etish maqsadida amalga oshirildi.
Shu bilan birga, metropolitenning Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishlarida harakat tartibi o‘zgarishsiz qolmoqda. Ushbu yo‘nalishlarda poyezdlar har kuni soat 05:00 dan tungi 00:00 gacha xizmat ko‘rsatmoqda.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA