Metro yo‘nalishlarining tez harakatlanishi yo‘l harakatiga bog‘liq emas. Shuning uchun u tezkor, aniq va muntazam harakat qiladi. Jamoat transportining bu turi ko‘p miqdordagi yo‘lovchilarni tez va xavfsiz tashish imkonini beradi. Bu esa yer ustidagi avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va yo‘llardagi tirbandlikning oldini oladi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillar davomida qo‘shimcha 33 km metro yo‘nalishlari va 21 ta yangi bekat qurib foydalanishga topshirilgan. Buning natijasida metropoliten bekatlari soni jami 50 taga yetib, yo‘nalishlar uzunligi 71 km. bo‘lishiga erishilgan. 2021 yil bir kunda 280-300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, o‘tgan 2024 yilda bu ko‘rsatgich 950-980 mingni tashkil qilib, hozirgi kunda 1 millionga yetdi.

Ammo olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan ijtimoiy tarmoqlarda “Metroda tirbandliklar kuzatilmoqda” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda va ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugungi kunda har bir yo‘nalishda yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holatda poyezdlar harakati jadval asosida yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, doimiy ravishda ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda yo‘nalishlarda poyezdlar soni oshirilib, qo‘shimcha zaxira poyezdlar ham harakatlanmoqda.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda "Beruniy" bekatida “Har kuni ishdan qaytishda 5 ta metro o‘tkazib, oltinchi yoki yettinchisiga zo‘rg‘a chiqib ketishga to‘g‘ri kelmoqda” mazmunidagi bo‘rttirilgan (yolg‘on) ma’lumot taqdim etilgan. "Toshkent metropoliteni" DUK mas’ul xodimlari tomonidan oxirgi 1 oy davomida "Beruniy" metro bekatidagi barcha kameralar to‘liq o‘rganib chiqilgan. O‘rganishlar asosida bekatda bu kabi holat yuz bermagani aniqlangan.  

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent metropoliteni” DUK: Tig‘iz vaqtlarda qo‘shimcha zaxira poyezdlar ham harakatlanmoqda