“Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroyi filiallarida 2 ming 17 dona harakat tarkibi mavjud bo‘lib, shundan 672 donasi dizel yoqilg‘isida (33 foiz), 1 ming 20 donasi tabiiy gaz yoqilg‘isida (50 foiz), 324 donasi elektr energiyasida (17 foiz) harakatlanadi.

2022-2023 yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 foizi elektr energiyasida harakatlanadi.

Natijada, harakat tarkibining o‘zidan chiqadigan zararli moddalar miqdori 2022 yilda 5,1 ming tonnani, 2023 yilda 4,8 ming tonnani tashkil etgan.

2024-2030 yillarda qo‘shimcha 1 200 dona elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

2024 yilda harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilash orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagacha kamayishiga erishish rejalashtirilgan.

Sh. Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent jamoat transporti bosqichma-bosqich to‘liq “yashil transport” tizimiga o‘tkaziladi