Tadbirkorlik – iqtisodiyotimizning muhim tayanchi hisoblanadi. Shu bois, ularni qo‘llab-quvvatlash, huquqlarini himoya qilishga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishda iqtisodiy sudlar muhim o‘rin tutadi. Joriy yilning birinchi choragida Toshkent shahar iqtisodiy sudlari tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi? 

– Joriy yil birinchi choragida 36 ming 542 da’vo arizasi va arizalar kelib tushdi, – dedi Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Ibrohim Alimov. – Shundan 33 ming 161 tasi bo‘yicha da’vo talabi qanoatlantirildi, 962 tasi bo‘yicha da’vo talabini qanoatlantirish rad etildi. 306 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilib, 608 da’vo ariza (ariza) ko‘rmasdan qoldirildi.   

Sud majlislarining 34,6 foizi sudyalar tomonidan bevosita mahallalarda, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.   

Hal etilgan ishlar bo‘yicha da’vogar (arizachi)lar foydasiga 1 trillion 236,6 milliard so‘m pul mablag‘lari (asosiy qarz, neustoyka, zarar), respublika byudjetiga 69,1 milliard so‘m davlat boji undirildi.  

Xususiy tadbirkorlar, kichik biznes sub’ektlari va fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid 5,5 mingdan ziyod ish ko‘rilib, ular foydasiga 993,8 milliard so‘m undirish haqida sud qarorlari qabul qilindi. 

2023 yil 25 dekabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi  qonunga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ishlar apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasida ko‘rib chiqilmoqda.   

Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan apellyatsiya instansiyasida 445 sud hujjati qayta ko‘rib chiqildi. 363 tasi o‘zgarishsiz qoldirildi. 35 tasi o‘zgartirildi, 47 tasi bekor qilindi.   

Kassatsiya instansiyasida esa 200 sud hujjati qayta ko‘rib chiqildi. Shundan 150 tasi o‘zgarishsiz qoldirildi. 28 tasi o‘zgartirilib, 22 tasi bekor qilindi.   

Taftish instansiyasida jami 159  sud hujjati qayta ko‘rib chiqildi. Shundan 141 tasi o‘zgarishsiz qoldirildi. 6 tasi o‘zgartirilib, 12 tasi bekor qilindi.   

Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan sud qarorlarining 2,4 foizi bo‘yicha keltirilgan shikoyat va protestlar asosida Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida qaytadan ko‘rildi. Shu bilan birga, 97,6 foiz ishlar bo‘yicha sud qarorlari ustidan shikoyat (protest) keltirilmadi. Ya’ni, ishlar bo‘yicha qabul qilingan sud qarorlaridan ishda ishtirok etgan taraflar to‘liq rozi bo‘lgan. 

Birinchi instansiya sudlari tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlarining yuqori instansiyalarda 0,29 foizi bekor qilinib, yangi qarorlar qabul qilindi. 0,25 foizi esa o‘zgartirildi, qolgan 99,46 foizi bo‘yicha qarorlar kuchida qoldirildi yoki shikoyat kelib tushmadi.   

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent iqtisodiy sudlarida da’vogarlar foydasiga 1 trillion 236,6 milliard so‘m undirildi