Toshkent davlat pedagogika universiteti Finlyandiyaning JAMK universiteti bilan hamkorlikni boshladi
Mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida soʻnggi yillarda xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda.
Mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida soʻnggi yillarda xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda. 18 fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga Finlyandiyaning JAMK amaliy fanlar universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Delegatsiya vakillari sifatida sogʻliqni saqlash boʻyicha doktor filosof, konsultant Yoxanna Xeykkilya, universitetning rivojlanish boʻyicha direktori Leyena Liimatainen, Moliya ishlari boʻyicha vakil Pertti Malkki uchrashuvda ishtirok etdi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbariyati bilan oʻtkazilgan muzokaralar chogʻida JAMK universiteti bilan turli sohalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.
Shuningdek, Finlyandiyaning aniq fanlar universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan Ochiq leksiyalar tashkil etish, maktabgacha taʼlim hamda boshlangʻich taʼlim sohalarida tajriba almashish, Yevropa ittifoqining taʼlimni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan Erasmus+ loyihasi doirasida sohada mobillikni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik qilish rejalashtirildi.
Oʻzbekiston hamda Finlyandiya oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish jarayonida mintaqaning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda Finlyandiyaning qoʻshni Qozogʻiston Oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini ijodiy oʻrganishga kelishib olindi.
TDPU matbuot xizmati