Poytaxtimizda aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar natijasida oziq-ovqat mahsulotlari narxining fuqarolar uchun sezilarli darajada o‘zgarishiga erishildi.

Xususan, Toshkent shahri bozorlarida go‘sht mahsulotlari savdo shoxobchalari ko‘paytirildi, kengaytirildi hamda narxlar barqarorlashtirildi. Poytaxtning beshta yirik bozori - “Chorsu”, “Yunusobod”, “Farhod”, “Aviasozlar” va “Qo‘yliq” bozorlarida go‘shtning narxi pasaydi.

Ma’lumki, “Aviasozlar”, “Farhod”, “Eski Jo‘va”, “Yunusobod” va “Qo‘yliq” oziq-ovqat bozorlarida ilgari 624 ta go‘sht mahsulotlari savdo rastalari faoliyat ko‘rsatgan. Endilikda qo‘shimcha ravishda yana 84 ta rasta tashkil etildi. Natijada savdo nuqtalarining umumiy soni 708 taga yetdi.

Ushbu rastalarda go‘sht arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda. Jumladan,  mol go‘shti (mahalliy) – 85 000 so‘m, mol go‘shti (Belarus) – 70 000 so‘m, qo‘y go‘shti (mahalliy) – 90 000 so‘m hamda muzlatilgan go‘sht – 65 000 so‘mdan belgilanmoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent bozorlarida go‘sht narxi arzonlashtirildi