To‘rtko‘l kunjuti qator davlatlarga eksport qilinmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi “To’rtk’l Kunjuti” mas’uliyati cheklangan jamiyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, eksport qilish, ulgurji va chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Ushbu jamiyat qoshidagi kunjutni qayta ishlash korxonasida Turkiyadan olib kelingan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan.
Bu yerda qayta ishlov berilgan sifatli mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda Turkiya, Iroq, Shotlandiya, Ozarbayjon, Iordaniya, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Rossiya davlatlariga eksport qilinmoqda.
[gallery-359]
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA