Vatanimiz tarixidagi 23 mart sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1414 yil (bundan 611 yil oldin) – Shohrux Mirzo Mozandaron, Astrobod va Jurjon viloyatlarini idora etishni o‘n olti yoshli temuriy shahzoda Boysung‘ur Mirzoga topshirdi. Boysung‘ur Mirzo Shohrux Mirzo bilan Gavharshodbegimning o‘g‘li, Ulug‘bek Mirzoning inisi bo‘lib, u 1397 yil 16 sentyabrda dunyoga kelgan. U tabiatan xushchaqchaq va o‘qimishli kishi bo‘lgan. Boysung‘ur Mirzo o‘z saroyiga olimu fuzalolar va shoirlarni yig‘ib, anjumanlar o‘tkazib turgan. G‘azalxonlikni yoqtirgan, o‘zi ham g‘azallar bitgan.

1869 yil (bundan 156 yil oldin) – Turkistonda gugurtdan katta foyda olish mumkinligini sezgan peterburglik iste’fodagi shtabs kapitan A.Chernyavskiy Turkiston general-gubernatorligidan o‘lkada gugurt fabrikasi ochishga ruxsat va 6 ming so‘m qarz so‘rab murojaat qildi. Gugurt fabrikasi Turkiston uchun nihoyatda zarur bulsa-da, hukumat xazinada mablag‘ yetishmasligi bahonasida qarz berishni orqaga surdi.

Tarixchi olim Nuriddin Musayevning qayd etishicha, bu vaqtda ishbilarmonlar, birinchi navbatda o‘z e’tiborlarini Turkistonda tanqis bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratdilar. Ayniqsa, aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan gugurt, sovun, sham kabi ro‘zg‘or buyumlariga talab katta edi. Masalan, o‘lkada gugurt ishlab chiqarilmagani uchun u chet ellardan, asosan, Rossiyadan keltirilgan.

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – Turkiston fronti qo‘mondoni Mixail Frunze Turkistondagi barcha otlarni frontda foydalanish uchun musodara qilish haqida buyruq berdi. Bu buyruqqa ko‘ra xalqning naslli otlari musodara qilinib, harbiy qabulxonalarga keltirildi. Harbiy otryadlar va sovetlarning ma’muriy markazlari qo‘mondonlari, o‘rgatilgan yoki o‘rgatilmagan bo‘lishidan qat’i nazar, Turkistonning barcha otlarini tortib olish uchun bir-biri bilan raqobatlashardi. 

Sovetlarning bu keskin chorasi vaqti-vaqti bilan milliy istiqlolchilar bilan sho‘rolar o‘rtasida to‘qnashuvlarni keltirib chiqarardi, chunki otlar milliy istiqlolchilar uchun harbiy va transport vositasi edi. Otlari bo‘lmasa, milliy istiqlolchilar tez harakatlanish imkoniyatini boy berib, jang paytida hujumga o‘ta olishmas va jang maydonidan tezda chekinishga majbur bo‘lishardi.

1941 yil (bundan 84 yil oldin) – O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa va rejissyor Mukambar Rahimova tavallud topdi.

1977 yil (bundan 48 yil oldin) – Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubi-sharqida joylashgan Ellikqal’a tumani tashkil etildi. Mazkur tuman hududida qadimiy Tuproqqal’a, Qavatqal’a, Ellikqal’a, Qirqqizqal’a, Qo‘rg‘oshinqal’a, Guldursun qal’asi kabi madaniy yodgorliklar mavjud. 

1990 yil (bundan 35 yil oldin) – O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumi respublika siyosiy tizimi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi va unda O‘zbekiston hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga o‘tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlandi. 

1993 yil (bundan 32 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining Toshkentdagi O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston uchun mintaqaviy vakolatxonasi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

1995 yil (bundan 30 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chirchiq shahrining 60 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2004 yil (bundan 21 yil oldin) – Toshkentda buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy haykalining ochilish marosimi bo‘ldi. Marosimda Ozarbayjon va O‘zbekiston Prezidentlari ishtirok etdilar. Toshkentda Nizomiy Ganjaviy haykalining ochilishi ikki qardosh xalq – o‘zbek va ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim voqea bo‘ldi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tortib olingan tulporlar: Turkistondagi barcha otlar nega musodara qilingan?