Guliston davlat universitetida O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini shakllantirishda To‘ra Sulaymon ma’naviy merosining ta’siri” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati hokimi, senator Akmaljon Mahmudaliyev, taniqli adiblar, olimlar, shoirning yaqinlari, talabalar, she’riyat ixlosmandlari ishtirok etgan tadbirda To‘ra Sulaymon nafaqat Sirdaryoning, balki o‘zbek xalqining faxri, g‘ururi ekanligi aytildi. Uning asarlari yoshlarimizni Vatanni sevishga, qadriyatlarimizni qadrlashga undashi, yoshlarni ko‘proq kitob o‘qishga, bilim olishga da’vat etishi ta’kidlandi.  

Anjumanda oflayn va onlayn so‘z olganlar shoirning badiiy mahorati, uning ma’naviy merosi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.  

Yusel Ogurli, Balikesir dorilfununi rektori, professor (Turkiya):  

– Sizlarga Turkiyadan salomlar yo‘llayman. Biz O‘zbekistonni ota yurtimiz deb bilamiz. Tomirimizni shu zamindan topamiz. Shoir To‘ra Sulaymonni elimizda yaxshi bilishadi. Nabijon Boqiyning “To‘ra Sulaymon kutubxonasi” ismli kitobi orqali shoir haqida ko‘p narsalarni bilib oldik. Do‘stligimiz abadiy bo‘lsin.  

Narzulla Jo‘rayev, siyosiy fanlar doktori, professor:  

– Bugungi kunda To‘ra Sulaymon she’rlarini, ma’naviy merosini o‘qib-o‘rganish Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo‘lgan yoshlarning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki To‘ra Sulaymon o‘zbek adabiyotiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlardan.  

[gallery-17532]

Azizbek Turdiyev, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi:  

– To‘ra Sulaymonning she’rlarini ovoz chiqarmasdan o‘qib bo‘lmaydi, beixtiyor o‘zingizga o‘zingiz ovozingizni baralla qo‘yib o‘qiy boshlaysiz. Yana shoirning nomidan emas, o‘zingizning nomingizdan o‘qiysiz. Go‘yo bu she’rlarni o‘zingiz yozgandek bo‘lasiz. Asl adabiyotning muhim vazifalaridan biri ham shunda va tuyg‘ularni yuqtira olishidadir.  

Shuhrat Suyarov, Shahriyor Ortiqboyev (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘ra Sulaymon she’rlari Vatanni sevishga undaydi