Toni Kroos «Barselona»ga nega Çempionlar ligasida ğalaba qozoniş qiyin bölişini aytdi
«Barselona» ikki-uçta gol urib, ğalaba qozonişga juda köp tayanadi. Bu Çempionlar ligasida xavfli yondaşuv.
Madridning «Real» klubi va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyaçisi Toni Kroos «Barselona»ning joriy mavsumdagi imkoniyatlarini baholadi. Uning fikriça, kataloniyaliklar hujumga haddan taşqari tayanib, ba’zan himoyaga yetarli e’tibor bermaydi.
“«Barselona» raqibidan köproq vaziyat yaratişga intiladi. Çempionlar ligasida esa bir öyinda bir neçta gol ura oladigan jamoalar ham, siz istagandek öynaşga imkon bermaydigan kuçli himoyaga ega raqiblar ham bor. Şunday paytda himoyalanişni ham biliş kerak. «Barselona» ikki-uçta gol urib, ğalaba qozonişga juda köp tayanadi. Bu Çempionlar ligasida xavfli yondaşuv”, — deya Kroosning sözlarini keltirdi The Touchline.
Kataloniyaliklar sönggi bor 2015-yilda Çempionlar ligasi boş sovrinini qölga kiritgan edi.