Inson soʻzining lugʻaviy maʼnosi unutuvchi, esdan chiqaruvchidir.

Munosabat 

Inson soʻzining lugʻaviy maʼnosi unutuvchi, esdan chiqaruvchidir. Tarixda ne-ne balo-yu ofatlar takror-takror boshiga tushgan boʻlsa-da, unutuvchanlik xislatiga sodiq qolgan holda, tez orada yodidan koʻtariladi. Baʼzida bu xislat inson bolasining foydasiga boʻlsa-da, koʻp hollarda ziyon va zahmatga sabab boʻladi.

Hayot-sinov maydoni. Bu sinovlar turfa rang va turfa koʻrinishda boʻlishi mumkin. Oʻtgan asrning 20-yillarida Buxoro toʻntarishi va milliy-ozodlik harakatlari sodir boʻlgan boʻlsa, ayni kunlarda xalqimiz barcha xalqlar qatori koʻrinmas bir ofat – koronavirus balosi bilan kurashmoqda.

Koronavirus bilan qanday kurashish kerakligi, qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi haqida ommaviy axborot vositalari, mutasaddi rahbarlar muntazam aholini xabardor qilib borishmoqdaki, bularni takrorlashimga hojat yoʻq. Faqat bir narsani alohida taʼkidlashni istardim. Koronavirus biz uchun katta bir haqiqatni anglatmoqda: barchaga baravar keladigan balo-yu ofatlardan ilgʻor texnologiya ham, rivojlangan iqtisodiyot ham, qudratli armiya ham bas kelolmas ekan. Bunday holatlarda adolat va birdamlik, yaʼni xalq va hokimiyat birligi katta rol oʻynar ekan. Davlat agar xalq manfaatlarini oʻylab ish tutsa, xalq ham oʻz hukumatining saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlasa, bu ofatdan deyarli talofatsiz chiqish mumkin ekan. Aksincha, mamlakatning turistik imidji yoki iqtisodiy koʻrsatkichini xalq sogʻligidan ustun qoʻygan hukumatlar yoki hukumatining qarorlarini nazar-pisand qilmaydigan fuqarolar boshqalardan koʻra koʻproq koronavirus jabrini tortmoqdalar.

Davlatimiz rahbari muntazam ravishda mamlakatdagi vaziyatni tanqidiy tahlil qiluvchi yigʻilishlar oʻtkazib, tezkor qarorlar chiqarayotgani, barcha davlat va jamoat organlarining safarbar qilinayotgani, inson sogʻligi va hayoti – hamma narsadan ulugʻ ekanini xalqimiz koʻrib, bilib turibdi. Shuning barobarida, taʼlim tizimida onlayn- masofaviy taʼlim tajribasini qoʻllash, talabalarimizni imkon doirasida bilim olishlariga yetarli shart-sharoitlar yaratish ham ushbu qoʻllanilgan choralarning tarkibiy qismi boʻlib qolmoqda.

Samarqand davlat universiteti professor-oʻqituvchilari ham asosiy faoliyat turi koronavirus tufayli vujudga kelgan vaziyatda nisbatan cheklangan boʻlsa-da, aslida muntazam ilm-fan bilan shugʻulanmoqdalar, desam, mubolagʻa boʻlmas. Ayni paytda universitetimizda 17 ta fundamental, 2 ta innovatsion, 3 ta amaliy loyihalar boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, filologiya fakultetida kaminaning rahbarligida toʻrt yildan beri “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komporativistik tahlili” mavzusida fundamental tadqiqot yaratilmoqda. Mazkur loyiha doirasida loyiha ishtirokchilari tomonidan bugungacha 7 ta monografiya, 1 ta darslik, 1 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta ilmiy maqolalar toʻplami, 1 ta ilmiy-tanqidiy matn, 30 ta ilmiy maqola, 25 ta konferensiya maqola va tezislari eʼlon qilindi. Mazkur monografiyalardan ikkitasi xorijda – Germaniya Federativ Respublikasida nashr etilganini alohida taʼkidlashni istardim. Chunki, soʻnggi yillarda ilm-fanga berilgan eʼtibor hamda tashqi siyosatimizdagi ochiqlik tamoyili olimlarimizning faoliyatiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Ayni paytda kamina ham kundalik tashvishlar bilan band boʻlib, anchadan beri oxiriga yetkazolmay qolganim monografiya – “Koʻngil hayratlari”ning soʻnggi tahriri bilan mashgʻulman. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi komil inson gʻoyasi, hayrat tushunchasi, koʻngil rutbalari va boshqa masalalar salaflar va xalaflar ijodi misolida qiyosiy tahlil etilgan ushbu kitob ham Alisher Navoiyning sirru sinoatga toʻla olamini yoshlarga tanishtirish uchun asqotar, degan umiddaman.

Tarixiy manbalarda keltirilishicha, 1257-yili Xulagu Bagʻdodni zabt etib, aholini qatliom qilishga buyurganida, mohir xattotlardan biri jon saqlash uchun haftalab uyining yertoʻlasidan chiqmagan ekan. Toʻs-toʻpolonda oʻzi bilan qalam va siyoh olmagan xattot nima qilarini bilmay, barmogʻini kesib, qoni bilan oq surpda ilohiy kalomni bitishga kirishgan. Uning bu asari xattotlik tarixidagi eng oliy asar, deb baholgangan. Mening ishonchim komil – oʻzbek olimlari karantin davridagi imkoniyatdan ijodiy va samarali foydalanib, millatning ruhiga darmon boʻladigan olamshumul kashfiyotlar, muhim tadqiqotlarni amalga oshirishmoqda. Yaqin davrda bu oʻzining samarasini beradi, bu kunlarni koʻrmagandek boʻlib ham ketamiz, Xudo xohlasa. Akademik shoirimiz Gʻafur Gʻulom aytganlaridek:

Tong yaqin,
Tong yaqin, oppoq tong yaqin...

Muslihiddin Muhiddinov,
SamDU professori,
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ