Tomorqa roʻzgʻor butligini taʼminlaydi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanidagi 23 ming 533 ta xonadondagi mavjud tomorqalar 3 ming 145 gektarni tashkil etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanidagi 23 ming 533 ta xonadondagi mavjud tomorqalar 3 ming 145 gektarni tashkil etadi.
Bugun tumandagi qay bir xonadonga kirmang, aholining tomorqa yumushlari bilan band ekanligiga guvoh boʻlasiz. Bu ellikqalʼaliklarning bugungi murakkab vaziyatning oqibatlarini his etgan holda imkon qadar tomorqani chin maʼnoda daromad manbaiga aylantirib, shu orqali oilasini farovon, roʻzgʻorini but qilishga intilayotganidan dalolat beradi.
Oʻz navbatida tuman hokimligi, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar xodimlari va deputatlar tomonidan aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha qilayotgan ishlari muntazam oʻrganib borilayapti. Ushbu jarayonda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarga oʻz tomorqalariga ekish uchun sabzavot va mevali daraxt koʻchatlari, shuningdek, tuman xayriyalarni muvofiqlashtirish markazi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari homiylik asosida tarqatilmoqda.