Tomorqa – daromad manbai
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani hududidagi mahallalar aholisi tomorqadan unumli foydalanib, o‘z xo‘jaligida dehqonchiliq, bog‘dorchilik, chorvachilikni yo‘lga qo‘ygan.
Tumanning Aq jap mahallasida istiqomat qiluvchi Maxset Toreyev ham shu yilning fevral oyida oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun hokim yordamchisining ko‘magi bilan bankdan 10 million so‘m imtiyozli kredit olib, issiqxona tashkil qildi. Hozirda issiqxonada bodring hosilga kirgan. Bozorga peshma-pesh chiqarilayotgan hosildan yaxshigina daromad olinmoqda.
[gallery-29437]
Bundan tashqari, xonadon tomorqasida pomidor, karam kabi sabzavotlar, ko‘zni yayratadigan chiroyli gullar parvarishlanadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/W_cpEs4YAig?si=YR8can5RyEjfYXhr" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV(surat+video),O‘zA