Tomorqa – daromad manbai
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chortoq tumanida aholi tomorqasidan samarali foydalanib, o‘z oilaviy byudjetini mustahkamlayotgan xonadonlar soni tobora ortmoqda. Bu esa nafaqat ro‘zg‘or uchun zarur mahsulotlar bilan ta’minlanish, balki qo‘shimcha daromad manbaini yaratishda muhim omil bo‘lmoqda.
Keskanyor mahallasida istiqomat qiluvchi Rahimjon Yusupov xonadoni bu borada ko‘pchilikka namuna ko‘rsatayotir.
[gallery-28885]
Xonadonda tomorqadan unumli foydalanib, kartoshka, sarimsoqpiyoz, pomidor va turli ziravor ekinlar yetishtirish bilan birga, zotdor chorva mollari ham parvarishlanmoqda. Natijada, xonadon nafaqat o‘z ehtiyojlarini qoplamoqda, balki bozorga mahsulot chiqarib, barqaror daromadga ham ega bo‘ldi.
Xonadon boshlig‘i Rahimjon ota o‘z mehnati samarasi haqida so‘z yuritar ekan, o‘tgan yili tomorqa va chorvachilikdan topilgan daromad hisobiga muborak Haj safariga borib kelganini ta’kidladi.
Darhaqiqat, mazkur xonadondagi saranjom-sarishtalik, mehnatsevarlik va baraka o‘rnak olishga arzigulik.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA