Tomorqa – barqaror daromad manbai
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning Uychi tumanida o‘tkazilgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasidagi muloqoti Yorkatay mahallasida yashovchi yosh tadbirkor Jamshid Rahimjonov xonadonida bo‘ldi.
Namangan davlat texnika universitetining bitiruvchi talabasi Jamshid Rahimjonov otasi, “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni sohibi Jamoliddin Abdurahimov bilan birgalikda tomorqadan samarali foydalanib kelmoqda.
Xonadondagi 10 sotix yer maydonida barpo etilgan issiqxonada 30 dan ortiq turdagi gullar yetishtirilmoqda. Shuningdek, tomorqada lola, bonsay, papaya kabi manzarali o‘simliklar hamda 20 dan ziyod navdagi kivi ko‘chatlari parvarishlanmoqda. Xonadonda yana 15 bosh arshan zotli qo‘y boqilmoqda.
[gallery-28783]
Viloyat rahbari ushbu faoliyatni aholi tomorqadan samarali foydalanishi, noyob o‘simlik turlarini ko‘paytirish va qo‘shimcha daromad manbai yaratish borasidagi ilg‘or tajriba sifatida baholadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA