Shu kunga qadar, qator homiylik loyihalarining tashabbuskori boʻlgan sahovatpesha tadbirkorimizning ushbu taklifi Federatsiya tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tuman markazlarida kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini tashkil etish maqsadida, “Isteʼmolchi kutubxonasi” va “Isteʼmolchilar uyi” loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur loyiha doirasida hududlarda “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy komplekslari qurib foydalanishga topshirilmoqda.

Mazkur maʼmuriy kompleksda aholi, ayniqsa, yoshlar orasida huquqiy va badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani oʻstirishga xizmat qiladigan siyosiy va badiiy adabiyotlar, zamonaviy “Book cafe” hamda bepul WiFi tizimi bilan taʼminlangan kutubxona, yoshlarni tadbirkorlikka oʻrgatish va ularning biznes gʻoyalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi “Business Incubator” maxsus oʻquv-amaliy hamda yosh kompyuter dasturchilarini tayyorlovchi “IP-dasturchi” shuningdek, yoshlarga milliy hunarmandchilik sirlaridan saboq beruvchi “Yosh hunarmand” oʻquv markazlari tashkil etilishi belgilangan.

Federatsiyaning ushbu loyihasini Navoiylik tadbirkor, “Zarafshon Golden Group” kompaniyasi asoschisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi Ulugʻbek Fayziyev qoʻllab-quvvatlagan holda viloyatning olis Tomdi tumanida “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksini kompaniya mablagʻlari hisobidan homiylik yoʻli bilan qurib berishi yuzasidan taklif kiritdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomdi tumanida “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksi quriladi
Жамият
15:04 / 27:10:2020