“To‘maris izdoshlari”: g‘oliblar aniqlandi
Ajiniyoznomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-qizlar o‘rtasidasog‘lom turmush tarzinitarg‘ib qilish, ularni umuminsoniy, milliy vaoilaviy qadriyatlar asosidatarbiyalash, shuningdek, ularningijtimoiy faolligini oshirishmaqsadida tashkil etilgan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasibosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada ishtirokchilar jamoani tanishtirish, 100 metrga va estafeta yugurish, kamondan otish, darts, velosiped uchish, birinchi tibbiy yordam kabi shartlar bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini, jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etishga harakat qildi. Jamoalarning har bir shart bo‘yicha natijalarini hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordi.

Musobaqa yakunida birinchi o‘rin Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining “To‘maris avlodlari”, ikkinchi o‘rin Nukus davlat texnika universitetining “Turon qizlari”, uchinchi o‘rin O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining “Olimp qizlari” jamoalariga nasib etdi.

G‘olib jamoa musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA