Markaziy bankda «O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etish kerakki, 2018 yildan Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi ko‘rsatkichlari shakllantirib, Xalqaro valyuta jamg‘armasi qabul qilgan formatlarda har chorakda muntazam ravishda Markaziy bankning veb-saytiga joylashtirib bormoqda.
Ushbu yo‘nalishdagi ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda ma’lumotlar xalqaro qabul qilingan qo‘llanmalarga ko‘ra Xalqaro valyuta jamg‘armasining to‘rtta texnik ko‘mak missiyasi jalb qilindi.
Natijada O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarziga oid 2020 yilgacha bo‘lgan 6 yillik statistik ma’lumotlar qayta tuzildi. Ma’lumotlarni shakllantirish jarayonlarini jahon andozalariga muvofiqlashtirishga erishildi.
Bu esa ishonchni oshirib, O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi statistikasidan xalqaro tashkilotlar foydalanishiga zamin yaratadi.
Ma’lumotlarning asosiy foydalanuvchilari, bu – Xalqaro valyuta jamg‘armasi va xalqaro reyting agentliklari mutaxassislari, xorijiy investorlar va tashqi savdo hamkorlar, mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari hamda mustaqil izlanuvchilardir.
Shuningdek, 2020 yil 3 avgustda qabul qilingan milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra tashqi sektor statistikasiga doir ko‘rsatkichlarning davriy qatorlarini 2010 yilga qadar kengaytirish maqsadida Markaziy bank, tegishli vazirlik va idoralar o‘ziga tegishli vazifalarni belgilab oldi.
Ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning 9-20 noyabr kunlar Xalqaro valyuta jamg‘armasining navbatdagi texnik ko‘mak missiyasi ham jalb etildi.
Unda tashqi sektor statistikasi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi to‘g‘risida davlat organlari mansabdor shaxslarining savodxonligi va keng jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirish maqsadida Markaziy bankning moliyaviy savodxonlik bo‘yicha axborot-ta’lim Finlit.uz portalida bir qator mavzular joylashtirib borilmoqda. «To‘lov balansi haqida nimalarni bilasiz?», «Joriy xalqaro operatsiyalar haqida», «Tashqi qarz– bu nima?», «Xalqaro investitsion pozitsiya» shular jumlasidandir.
Matbuot anjumanida 2020 yilning I yarim yilligi yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi to‘g‘risidagi hisobot taqdim etildi. Unga ko‘ra, 2020 yilning I yarim yilligi davomida O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi ko‘rsatkichlarining shakllanishiga jahonda COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq ichki hamda tashqi bozordagi o‘zgarishlar, global biznes faoliyati o‘sishining sekinlashishi va moliyaviy xatarlarning ortishi, tashqi savdo aylanmasining pasayishi kabi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazdi.