Toliblar Afg‘onistonning Vardak viloyati markazini egallashdi
“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘onistonning Vardak viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Maydonshaharni egallaganini ma’lum qildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu viloyat mamlakat poytaxti Kobuldan 46 kilometr uzoqlikda joylashgan.
“Tolibon” harakatning vakili Zabiulla Mujahidning Twitter orqali bayonot berishicha, shahardagi gubernator binosi, politsiya uchastkasi, markaziy qamoqxona toliblar nazorati ostiga o‘tgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, shuningdek, jangarilar Kobulga qochgan hukumat armiyasining qurol yarog‘ini ham qo‘lga kiritgan.