Tokioga litsenziyalar soni oshmoqda, Hasanboy Rahimovdan navbatdagi yoʻllanma
Xabaringiz bor, bir necha kundan beri Qozogʻiston poytaxti Nur-Sulton shahrida sport kurashlari boʻyicha jahon chempionati bellashuvlari davom etmoqda.
Xabaringiz bor, bir necha kundan beri Qozogʻiston poytaxti Nur-Sulton shahrida sport kurashlari boʻyicha jahon chempionati bellashuvlari davom etmoqda.
Musobaqaning bugungi bahslari terma jamoamiz aʼzolari uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Biroz avval erkin kurash boʻyicha vazni 125 kilogrammgacha boʻlgan polvonlar oʻrtasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Hasanboy Rahimov Tokio olimpiadasiga yoʻllanma oldi.
Oʻtish bahsida moldovalik Aleksandr Romanovni 6:0 hisobida magʻlub etgan Rahimov kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyatini ham qoʻlga kiritdi. Biz uchun eng muhimi, bu sportchimizning Tokio-2020 olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritganidir. Bugun kechki dasturda Hasanboy bronza medali uchun xitoylik Jivei Den bilan oʻzaro kuch sinashadi.
Shu tariqa oʻzbekistonlik sportchilarning Tokio-2020 olimpiadasiga qoʻlga kiritgan yoʻllanmalari soni 8taga yetdi. Shuningdek, bugun kechki dasturda -86 va -97 kilogramm vazn toifalarida ham terma jamoamiz aʼzolaridan Javrail Shapiyev hamda Magomed Ibragimov olimpiada yoʻllanmasi uchun kurash olib boradi. Biz sportchilarimizga omad tilaymiz.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati