Yaponiya poytaxtida soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bir kun davomida yana 243 kishining organizmida COVID-19 aniqlandi.

Yaponiya poytaxtida soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bir kun davomida yana 243 kishining organizmida COVID-19 aniqlandi. Bu kasallik mamlakatga kirib kelgandan buyon qayd etilgan rekord koʻrsatkichdir. Ushbu xabarni “Asahi” telekanali megapolis maʼmuriyatidagi manbasiga tayanib tarqatgan.

Bundan avvalgi eng yuqori oʻsish darajasi – bir kunda 206 kishining zararlanishi aprel oyida roʻy bergandi. Demak, xulosa qilish mumkinki, hali hech bir davlatda koronavirusdan xotirjamlikka berilish yaramaydi. Darvoqe, bir kun oldin Tokioda 224 fuqaro yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani aniqlangandi.

Hukumat ushbu salbiy holatning sababi aynan prefekturalar oraligʻidagi harakatlanishga nisbatan oʻrnatilgan cheklovlar yumshatilishi bilan bogʻliq ekanini taʼkidlamoqda. Zero, soʻnggi paytlarda mintaqalararo bordi-keldi oshgan, tungi kvartallar faoliyati tiklangan, buning natijasida mijozlar bilan muomalaga kirishganda niqob taqmaslik, oraliq masofani saqlamaslik holatlari juda koʻp uchrayotgandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tokio koronavirus boʻyicha yana rekord qayd etdi
Хориж хабарлари
11:40 / 10:07:2020