Tojikistonga 2,5 ming tonna chigit eksport qilinadi
Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Tojikiston hukumati vakillari hamda tojikistonlik tadbirkor va fermerlardan iborat delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Tojikiston vakillari joriy yil ekish uchun O‘zbekistondan chigitning "Sulton" va "Buxoro 102" navlarini import qilish bo‘yicha shartnoma taklif qildi. Kelgusi yilda esa ushbu navlarning 10 ming tonnagacha urug‘ligini import qilish rejalashtirilgani aytib o‘tildi.

Shuningdek, hamkorlarga mamlakatimizda mahalliy navlarning kasallik va zararkunandalarga qarshi, gerbitsidga chidamlilik xususiyatini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgani va Bt texnologiyasini qo‘llash orqali hosildorlikni oshirishga erishilishi haqida ma’lumot berildi.
Yakunda foydali kelishuvlarga erishildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA