Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faollik darajasini oshirishda to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish tartibli olib borilgandagina inson salomatligiga foydasi benihoya katta bo‘ladi. Ovqatlanish tartibiga rioya qilinmaslik, tartibsiz, noto‘g‘ri ovqatlanish turli kasalliklarga olib keladi.

Jizzax viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi R.Orziqulov tomonidan videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tadbirda viloyat sudlari sudyalari, tumanlararo (tuman) shahar sudlari raislari, sudyalar ishtirok etdi. 

Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali endokrinologi N.Mustafaqulova, G‘allaorol tuman salomatlik markazi metodisti M.Boyto‘rayev va boshqalar tomonidan tayyorlagan slaydlar orqali shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish zarurati, sog‘lom ovqatlanishning 12 ta tamoyili, ovqatlanish vaqtida shirinliklar hamda rangli shirin gazlangan ichimliklarni iste’mol qilish odatidan butunlay voz kechish kerakligi aytildi. Gazlanmagan suv, tabiiy sharbatlar yoki meva qoqilardan tayyorlangan damlamalar ichish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi. 

Tartibsiz ovqatlanish ortiqcha vazn va surunkali kasalliklarni, xususan, qon bosimining oshishi, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, qon aylanishining buzilishi va saraton kasalliklarining kelib chiqishida xavfli omil bo‘lishi xususida so‘z bordi. 

Tadbir so‘nggida sudya hamda sud apparati xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi. 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘g‘ri ovqatlanish – salomatlik garovi