22 dekabr – Energetiklar kuni

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo filialining bir guruh mutaxassislari Sariosiyo tumanidagi olis tog‘li Chosh qishlog‘ida yuzaga kelgan avariya holatini qaltis sharoitda tez bartaraf etib, qishli-qirovli kunda hududning elektr ta’minotini qayta tikladi. Izg‘irinli sovuqda iste’molchilarning quvonchiga sherik bo‘ldi.

Surxondaryo viloyatida ham dam olish kunlari yoqqan oppoq qor energetiklarni jiddiy sinovdan o‘tkazdi. Qish mavsumida iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun joylarda maxsus brigadalar tashkil etilgani kutilmaganda yuzaga kelgan avariya holatlarini tezkor bartaraf etishga xizmat qildi. Nosozlik sabablarini o‘rganib, tezda bartaraf etish uchun brigadalarga eng mohir mutaxassislar jalb etilgan. Shu bois ham joriy mavsumning dastlabki qirovli kunlarida vohada yuzaga kelgan nosozliklardan jiddiy aziyat chekilmadi. 

Noqulay ob-havo sharoitida elektr energiyasidagi qisqa tutashuv, yuklamalar ortishi, uzatish tarmog‘ining me’yoridan ortiq qizishi, uzatish liniyalarining uzilishi va boshqa holatlar bilan bog‘liq avariyalar sodir etilmasligini kafolatlab bo‘lmaydi. Shunday vaziyat yuz berganida energetiklardagi o‘z ishiga mas’uliyat bilan qarash, sabot, sovuqqa chidamlilik va tez harakat qilish ko‘nikmalari juda qo‘l keladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Surxondaryo filialidan xabar berishlaricha, shu kunlarda viloyatning Boysun, Sariosiyo, Denov kabi tog‘li tumanlari va chekka hududlarda sodir bo‘lgan avariyalar qish sovug‘iga qaramasdan zudlik bilan tiklandi. 

Chosh qishlog‘i Sariosiyo tumani markazidan 120 kilometr olisda, baland tog‘lar qo‘ynida joylashgan. Oppoq qor bilan qoplangan mahallada 280 iste’molchi elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Tog‘ sharoiti inobatga olinib, hududga yettita transformator o‘rnatilgan. Ularning uzluksiz va barqaror elektr energiyasi uzatishi uchun yetti nafar tajribali mutaxassis biriktirilgan. Tog‘dagi izg‘irinli ob-havo sharoitiga qaramay, fidoyi elektriklarning mehnati bilan choshliklarga ham qisqa vaqtda qayta nur ulashildi. Iste’molchilar oppoq qorli tunni yorug‘ chiroqlar bilan xotirjam o‘tkazdi.

Ayni paytda Termiz shahrida viloyat hokimligining mavsumni betalafot o‘tkazish bo‘yicha maxsus shtabi kunu tun faoliyat yuritmoqda. Shtabga elektr energiyasi, gaz, ichimlik suv ta’minoti va boshqa kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohalarining xodimlari biriktirilgan. Ular o‘z tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar haqidagi ma’lumotlarni tezda joylarga yetkazib, tuzatilishini nazorat qilmoqda. 

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov har kuni shtabda bo‘lib, yuzaga kelgan nosozliklar va ularning bartaraf etilish holatini tahlil qilmoqda. Aholi murojaatlari bilan ishlash, uzilishlarni tez, sifatli bartaraf etish, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini ishonchli energiya bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan aniq vazifalarni belgilab bermoqda. Bu ishlarning barchasi iste’molchilarning qishli-qirovli kunlarda ham hayotidan rozi bo‘lib yashashida muhim omil bo‘lmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘li qishloqlarda ham chiroqlar o‘chmaydi