O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda kon-metallurgiya va geologiya sohalari strategik ahamiyatga ega. Keyingi yillarda bu yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilgan ishlarning natijalari va kelgusi yillarga mo‘ljallangan rejalar jamiyatning barqarorligi hamda aholining farovonligini ta’minlashga qaratilgan.

So‘nggi yillarda ushbu sohalarda amalga oshirilgan investitsiya loyihalari va transformatsiya mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sish darajasini ta’minlash, hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi turmush-tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan 5 yil davomida metallurgiya korxonalarini transformatsiya qilish tufayli sezilarli yutuqlarga erishildi va ishlab chiqarish hajmi 122,7 trillion so‘mga yetkazildi.

Qimmatbaho va rangli metallarni ishlab chiqarish hajmi bir necha baravarga, xususan, oltin 1,3, kumush 1,6 va mis 1,4 barobarga oshganini ta’kidlash lozim. Erishilgan bunday ko‘rsatkichlar esa boshqa tarmoqlardagi korxonalar uchun ishlab chiqarish bazasini kengaytirishga yordam berayotir.

Birgina misni qayta ishlash hajmining 1,7 baravarga oshirilgani 2 mingdan ziyod turdagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarilishi, joriy yilda 650 million dollarlik eksportning amalga oshirilishi va 1,3 mingta yangi ish o‘rnining yaratilishida muhim omil bo‘ldi.

Mahalliylashtirish dusturi doirasida olib borilgan tizimli ishlar tufayli 60 dan ziyod kichik va o‘rta metallurgiya korxonasi bilan shatakka olish tizimi orqali hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Natijada joriy yilda metallurgiya korxonalari tomonidan 364 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Investitsiya dasturi bo‘yicha natijalar yanada e’tiborli. Jumladan, sanoatga 7,2 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Mamlakat tovarlari eksporti 1,2 barobarga o‘sdi. 2024 yilda bu ko‘rsatkich 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda mahsulotlar 30 dan ziyod davlatga eksport qilinmoqda. 

Yer qa’ridan foydalanish sohasida 11 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘liq elektron shaklga o‘tkazilib, sohadagi 15 ta qonunchilik hujjatlari, xususan, 3 ta qonun, 2 ta Prezident farmoni va qarori, 10 ta Vazirlar Mahkamasi qarori takomillashtirildi. 

Shu bilan birga, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida tizimli boshqaruvni yanada jadallashtirish bo‘yicha yangi tahrirdagi “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunni ishlab chiqishda Avstraliya, Kanada, Turkiya, Qozog‘iston kabi davlatlarning ushbu sohadagi tajribasi o‘rganildi. 

Unda xorijiy investorlar hamda davlat uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan shart-sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu qonun bilan vazirlikka sohada yagona siyosatni yuritish va regulyatorlik funksiyasi belgilab berildi.

Kon-metallurgiya yo‘nalishida 2024 yilda amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 18,2 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 34 tainvestitsiya loyihasi doirasida 3 milliard dollar investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2 ta yirik loyiha ishga tushirildi. 

Xususan, Pistali konida oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash majmuasini barpo etish (6-GMZ) hamda Amudaryo-Zarafshon suv quvurining 3-liniyasini qurish va nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi.

Shuningdek, 2024 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga muvofiq, geologiya sohasi bo‘yicha umumiy qiymati 4,6 milliard dollar miqdorida 28 ta loyihani tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Uning doirasida 570 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilib, reja 100 foizga bajarildi.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan qayta aloqa tizimi tashkil etildi. “Front-office” mexanizmi orqali 400 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektiga ko‘mak ko‘rsatildi. Shu bilan birga, “Call-markaz” 1356 qisqa raqam orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan kelib tushayotgan savollarga o‘z vaqtida javob va maslahatlar berib borilmoqda.

2024 yilda mavjud yer osti boyliklaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida yana 300 ta geologik ob’ekt “e-auksion” platformasiga joylashtirildi.

Jumladan, oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun 20 ta, strategik turdagi foydali qazilmalarga istiqbolli bo‘lgan yer qa’ri uchastkalari 10 ta va noruda xomashyosiga 270 ta geologik ob’ekt auksion savdolari orqali taklif etildi.

Shuningdek, Olmaliqda ma’danni qayta ishlaydigan 4-son Mis boyitish fabrikasi qurilishiga start berilgan bo‘lsa, ayni kunlarda 5-son Mis boyitish fabrikasi bo‘yicha ishlar tizimli olib borilmoqda.

Joriy yilda ko‘mir qazib chiqarish 8 million tonnani tashkil etib, so‘nggi uch yilda 2 barobarga oshdi. 2025 yilda 9 million tonna qazib chiqarish reja qilinmoqda.

Vazirlik va tizim tashkilotlari 2025 yilda yanada ulkan rejalarni amalga oshirishni ko‘zda tutmoqda. Masalan, 2025 yil iyun oyida “O‘zmetkombinat” AJda Quyuv-prokatlash majmuasi foydalanishga topshiriladi hamda majmua quvvatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish hajmi 1  million 150 ming tonnaga (2024 yilda – 785 ming t) yetkaziladi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda qora metallurgiya sohasini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Joriy yilda Prezidentimiz tashabbuslari bilan “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ tashkil etildi. Kombinat tomonidan 2025 yilda mahsulot qiymati 597,4 milliard so‘mga yetkaziladi. Bunda molibden 818,1 tonna, volfram konsentrati 240 tonna miqdorda ishlab chiqarilishi ta’minlanadi.

Investitsiyaviy loyihalar doirasida 51,5 million dollar mablag‘lar o‘zlashtiriladi. 223,2 milliard so‘m miqdorida mahsulotlar mahalliylashtiriladi, 44,2 milliard so‘m byudjetga to‘lovlar ta’minlanadi hamda 375 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, tog‘-kon sanoati va geologiya sohalari O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishlardagi islohotlar yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligini ta’minlaydi.

Mazkur sohalardagi barqaror o‘sish va yangi texnologiyalarni joriy qilish kelgusi yillarda ham muvaffaqiyatli davom ettirilishi kutilmoqda. Bu kabi sa’y-harakatlar esa O‘zbekistonning yer osti boyliklaridan samarali foydalanish va ularni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolishga xizmat qiladi.

Ural YUSUPOV,

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi: yutuqlar va istiqbollar