“To‘dako‘l”da yozgi dam olish mavsumi ochildi
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “To‘dako‘l” dam olish maskani “Yoz — 2024” mavsumini yangicha qiyofa va xizmatlar bilan boshladi. “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi tasarrufidagi ushbu maskan 20 gektardan ortiq maydonni o‘z ichiga oladi.
Bu yerda 2023 yili to‘liq ta’mirlash ishlari olib borildi. 270 o‘rinli kottejlar va mehmonxona dam oluvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlarga ega bo‘ldi.
[gallery-17958]
“To‘dako‘l”ga tashrif buyuruvchilar tabiat go‘zalligidan bahra olib, maroqli hordiq chiqarish barobarida maxsus ratsion va vannalar qabul qilish orqali salomatligini tiklaydi. Sportsevarlar uchun ham barcha imkoniyat yaratilgan.
Yozgi dam olish mavsumi 6 sentyabrga qadar davom etadi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA