Mamlakatimizda barcha sohalarda asrlarga tatigulik islohotlar amalga oshirilmoqda.

M u n o s a b a t

Mamlakatimizda barcha sohalarda asrlarga tatigulik islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtdoshlarimiz nigohida hayotdan rozilik, ertangi kunga katta ishonch, kelajakka intilish aks etmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Zero, har jabhada milliy yuksalish harakatlari ketayotgan bir davrda oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir qilayotgan ayrim holatlarni bartaraf eta olmayotganimiz xalqimizni tashvishlantiradi.

O‘tgan yili to‘y-hashamlardagi dabdababozlikning oldini olish bo‘yicha Respublika mahallalar kengashi hamda “Nuroniy” jamg‘armasining yurtdoshlarimizga murojaati qabul qilindi, “Dabdabali to‘y – baxt kafolati emas!” mavzularida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori hamda tegishli Nizom loyihalari ishlab chiqilib, aholi muhokamasiga qo‘yildi. Ommaviy axborot vositalari, jumladan, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda juda keng muhokamalar bo‘ldi. Aholiga ibrat qilib ko‘rsatish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan Olmazor tumanida 50 namunali to‘y o‘tkazilib, boshqa hududlarda ommalashtirildi, joylarda 3 ming 446 namunali to‘y qilindi.

Ushbu tashabbus xalqimiz tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanganiga qaramasdan, keyingi paytlarda yana nikoh to‘ylarida nomaqbul, keng jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan odatlar ko‘paymoqda. Bu esa yosh oilalar mustahkamligi, quda-andalar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat muhitiga jiddiy putur yetkazmoqda. Bugun shaharlarimizga chiroy bag‘ishlab turgan hashamatli binolarning ko‘pchiligini restoran va to‘yxonalar tashkil etadi. To‘yxonalar taklif etayotgan “menyu”lari, ya’ni noz-ne’matlarning xilma-xilligi, xizmat ko‘rsatishi va narxining balandligi bilan o‘zaro “musobaqalashmoqda”.

To‘yga taklif qilingan sal dong‘i chiqqan xonandalarning xizmat haqi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Ularning ustidan pul sochish, pul ustida o‘yinga tushish davlatimiz, milliy ramzimiz bo‘lgan boyligimizga hurmatsizlikdir. Eng achinarlisi, ayrim shaxslarning o‘zini o‘zi ko‘z-ko‘z qilishi shu darajaga borib yetdiki, hattoki, yangi tug‘ilgan, xalq ta’biri bilan aytganda, “chillali” go‘dakni tug‘ruqxonadan olib chiqish katta dabdabaga aylandi. Hatto, farzandini 1-sinfga qimmat mashinalarda, yo‘llariga gul sepgan holda kuzatish marosimini o‘tkazayotganlar xalqimizning qaysi ulug‘ qadriyat va odatlariga tayanib qilayapti ekan?

Kelin tomon qarz ko‘tarib bo‘lsa ham kelin-kuyov uchun ajratilgan xonalarni jihozlayapti, kuyov tomon mebelning sifatiga, soniga o‘z talablarini qo‘ymoqda. “Kuyov salom” qilgan yigitlarimizda oriyat, hamiyat, erkaklik g‘ururi qaerda qoldi?!

Pul topib aql topmaganlarning boyligini ko‘z-ko‘z qilish, shu yo‘l bilan obro‘ orttirishga intilishi oilalarning sog‘lom muhitiga raxna solib, aholi o‘rtasida ijtimoiy tabaqalanishga olib kelmoqda.

Bugun ko‘p uchrayotgan oilaviy mojarolar, iqtisodiy qiyin ahvolga tushib qolish sabablari ham ko‘pincha shu narsaga borib taqaladi. Oilaviy ajrim holatlari tahlil etilganda, ko‘rsatkichlarning salmoqli qismi aynan to‘ylar, to‘ydagi sarpolar, mebel mojarolari tufayli yuzaga kelayotgani ma’lum bo‘ladi.

Qachonki millatni chalg‘ituvchi, mamlakat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘luvchi bema’ni urf-odatlarga chek qo‘ymas ekanmiz, ijtimoiy hayotimizdagi global muammolar – yemirilgan oilalar, yetim qolgan go‘daklar, norasida bolalari bilan ko‘chada qolgan mushtipar ayollar, oila-turmush munosabatlari doirasida jinoyatchiliklar, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish kabi illatlar ko‘paysa ko‘payadiki, aslo kamaymaydi.

To‘ylar, oilaviy marosimlarni xalqimizning madaniyati, ma’naviy saviyasi darajasini ko‘rsatuvchi omillardan biri, deb hisoblasak, milliy darajamizga yildan-yilga o‘z qo‘limiz bilan putur yetkazayotgan bo‘lamiz. Shu bois to‘y-marosimlarni ixchamlashtirish va tartibli o‘tkazish masalasiga umummilliy tus berish kerak, deb hisoblaymiz.

Barcha davlat va jamoat tashkilotlari bir yoqadan bosh chiqarib, ushbu maishiy, ammo milliy taraqqiyotimizga tushov bo‘layotgan o‘ta jiddiy muammoga qarshi kurashishimiz kerak. Biz buni hamkorlikda yengishimiz mumkin.

Ma’rifatparvar shoir va yozuvchilar, ziyolilar milliy odat, an’ana, to‘y, marosim va bayramlarga muhim iqtisodiy-siyosiy, ma’rifiy masalalar qatori e’tibor qaratib, xalqni kamxarj, kamchiqim marosimlar o‘tkazishga chaqirganlariga tarix guvoh.

1917 yilda Munavvar qori Abdurashidxonov rahbarligida ma’rifatparvarlar “Sho‘royi islom” qarornomasi (1917 yil) nomi ostida ushbu og‘riqli masala bo‘yicha mamlakat xalqiga murojaat bilan chiqishgan. Ular bir asr oldin ham “xalqning oyog‘ida eski kishan bo‘lib yotgan ko‘hna urf-odatlar” uchun “isrof bo‘lib yotgan milliy sarmoyani ozod etish, uni millatning ravnaqiga xizmat qiladigan iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy sohalarni vujudga keltirish uchun yo‘naltirish, xususan, yoshlarni zamonaviy maktablar hamda ilg‘or mamlakatlarda o‘qitish, oliy maktab va madrasalar ochish, zamonaviy asosga qurilgan hunarmandchilikni avj oldirish, o‘lka tabiiy jo‘g‘rofiyasini hisobga olgan holda zavod va fabrikalar qurish, xalqning texnikaviy madaniyat va bilimlarini ko‘tarish” kabi ezgu ishlarga yo‘naltirish zarur deb bilib, maishiy hayotdagi isrofgarchiliklarga butunlay barham berish bo‘yicha xalqqa va boylarga murojaat qilgan.

Abdulla Avloniy “O‘zbek xalqini to‘y balosidan qutqaring!” deya bong urgan. Buni ko‘pchiligimiz nimagadir esdan chiqarganmiz.

Yillar o‘tib, zamon o‘zgarib borayotgan bo‘lsa-da, to‘y-ma’rakalarni ixcham, kamchiqim o‘tkazish o‘rniga, kerakli-keraksiz tadbirlarni o‘ylab topish, haddan ziyod isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish holatlari tobora avj olmoqda.

Ma’naviy saviyasi past ayrim kimsalar, ayniqsa, oyog‘i yerdan uzilgan ba’zi mansabdorlar bu borada axloq-odob mezonlarini unutib, o‘zlarining jamiyatdagi mavqeini, boyligini ko‘rsatib qo‘yish kabi xudbin maqsadlarni ko‘zlamoqda.

Dabdabali to‘y o‘tkazishga ruju qo‘yish, nosog‘lom orzu-havasga berilish, “Men sendan kammi” qabilida ish tutish, “ko‘rpasiga qarab oyoq uzatmaslik” holatlarini oilalar mustahkamligi, mahallalar xotirjamligiga, yoshlarning sog‘lom turmush tarziga qarshi qaratilgan ma’naviy tahdid deb bilamiz.

Shu bois, jamiyatimizni hech kimga keragi bo‘lmagan, allaqachon umrini yashab bo‘lgan dabdabali, isrofga yo‘g‘rilgan to‘ylar, urf-odatlar tuzog‘idan olib chiqishda mahalla, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Musulmonlar idorasi bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi kerak.

To‘y-ma’rakalarni o‘tkazishda ortiqcha dabdabozlik, maqtanchoqliklar ko‘plab xonadonlarga xursandchilik emas, aksincha, tashvish olib kelayapti. Ayrim xonadon egalari to‘ydagi qarzlarini uzaman, deb jiddiy muammolarga duch kelmoqda, qanchadan-qancha oilalarda kelishmovchiliklar paydo bo‘lmoqda.

Bugun xalqning ichida yurish, uning dardini, muammolarini, orzu-havaslarini tinglash yuki bizga tushgan ekan, ijtimoiy xayotimizdagi bu kabi holatlarning salbiy oqibatlarini ta’sirchan tarzda, o‘zimiz shaxsiy ibrat ko‘rsatib tushuntiraylik.

Ota-onalarga farzandining salomatligi, yorug‘ istiqboli uchun uni tug‘ruqxonadan qanday avtomashina, ertak qahramonlariyu, karnay-surnay sadolari ostida olib chiqish mutlaqo ahamiyatsiz ekanini, undan ko‘ra bolamizga yaxshi tarbiya berish, uni yoshlikdan kamtarlikka, xalqparvarlikka o‘rgatish muhim ekanini anglab yetishlariga hissa qo‘shish biz, nuroniylar uchun ham qarz ham farzdir.

To‘y-ma’rakalarni tartibli o‘tkazishga keksalarimiz, nuroniylar bosh bo‘lishsin, to‘yga tayyorgarlikdan boshlab ular o‘z tavsiyalari, takliflari, kezi kelganda cheklov qo‘yishda ijtimoiy faol bo‘lish vaqti keldi. Orzu-havaslar quliga aylangan, farzandining baxtini arzimas oldi-berdilar, sarpolarda ko‘rayotgan ayollarimizga bunday dabdabalar baxt bermasligini, aksincha, oiladagi tinchlikka, xotirjamlikka putur yetkazishini, faqat o‘z oilasida emas, balki qo‘shnilari, mahalladoshlarining ham notinchliklariga sabab bo‘lishini to‘g‘ri tushuntirish biz, keksalarning vazifasi emasmi?!

Yangilanayotgan O‘zbekiston yuksak maqsadlarni ko‘zlab, huquqiy-demokratik taraqqiyot pillapoyalaridan dadil odimlamoqda. Ongu tafakkurimiz, xayotimiz yangilanmoqda. Oilalar farovonligi, insoniy munosabatlar, farzandlarimiz kelajagiga daxldor har bir masala qonuniy asosda hal etilmoqda. Shunday ekan, milliy ma’naviyatimizning uzviy qismi bo‘lgan to‘y-hasham va oilaviy marosimlarni tartibga solishning ham qonuniy asoslari ishlab chiqilishi zarur, deb o‘ylaymiz.

To‘y-ma’rakalar millatimizning azaliy qadriyatlari va an’analarini namoyon etadigan ko‘zgu ekan, ularni yuksak ma’naviy mezonlarga munosib tarzda o‘tkazaylik.

Agar hammamiz millatimiz sha’niga dog‘ tushiradigan bunday salbiy illatlarga qarshi kurashda hamfikr, hamjihat bo‘lib, mazkur vazifalarni to‘liq amalga oshirsak, yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lardik.

Shuhrat JALILOV,

“Nuroniy” jamg‘armasi respublika

boshqaruvi raisi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘y-hasham va oilaviy marosimlardagi dabdababozliklarga qarshi turish har birimizning burchimiz