Toʻrt oltin va reyting ochkolari
Rossiya poytaxti Moskva shahrida taekvondo WT boʻyicha “G1“ turkumiga kiruvchi xalqaro turnirni vakillarimiz muvaffaqiyatli boshladi.
Rossiya poytaxti Moskva shahrida taekvondo WT boʻyicha “G1“ turkumiga kiruvchi xalqaro turnirni vakillarimiz muvaffaqiyatli boshladi.
Musobaqada terma jamoamiz aʼzolaridan Jasur Jaysunov (-68 kg), Feruza Sodiqova (-62 kg), Nigora Tursunqulova (-67 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.
Muhimi, taekvondochilarimiz oltin medaldan tashqari kelasi yil Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi uchun litsenzion ochkolarga ham ega boʻldi. Toʻrt sportchimizning har biriga 10 reyting ochkolari berildi.
Eslatib oʻtamiz, bugun boʻlib oʻtadigan bahslarda yana 8 nafar sportchimiz mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.