To‘qqiz imkoniyatdan yetti ochko
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati birinchi liga musobaqalarining erkaklar o‘rtasidagi yarim final va xotin-qizlar o‘rtasidagi final bahslari yakunlandi. Unda sakson shaxmatchi dona surdi.
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati birinchi liga musobaqalarining erkaklar o‘rtasidagi yarim final va xotin-qizlar o‘rtasidagi final bahslari yakunlandi. Unda sakson shaxmatchi dona surdi.Erkaklar o‘rtasida farg‘onalik Adham Eminov yetti ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. U to‘qqiz imkoniyatning beshtasini g‘alaba, to‘rttasini durang bilan yakunladi. Farg‘onalik yana bir shaxmatchi, FIDE ustasi Alisher Rustamov ham yetti ochko jamg‘ardi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘ringa loyiq topildi. To‘qqiz imkoniyatdan beshtasida g‘alaba, uchtasida durangga erishgan poytaxtlik FIDE ustasi Odil Rahmon 6,5 ochko bilan uchinchi pog‘onani band etdi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi final bahslarida navoiylik Gulzoda Oblayeva g‘olib bo‘ldi. Iqtidorli shaxmatchi to‘qqiz partiyada olti bor g‘alaba qozonib, xorazmlik Nilufar Yoqubboyeva va samarqandlik Shahnoza Tursunova bilan durang o‘ynadi.
Xorazmlik Nilufar Yoqubboyeva yetti ochko bilan ikkinchi, surxondaryolik Rayhon Doniyorova 6,5 ochko bilan uchinchi bo‘ldi.