Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatri o‘zining yangi – 98-mavsumini tarixiy mavzudagi “To‘maris” spektakli bilan boshladi.

Spektakl premerasida teatrshunoslar, ijodiy tashkilotlar, jamoatchilik vakillari, tomoshabinlar ishtirok etdi. Premera muhokamasida tarixiy shaxslar sahnada ishonchli badiiy talqin qilingani, asarda To‘maris nafaqat Sharq ayoli timsoli, balki “Vatan har narsadan ulug‘ va aziz” degan g‘oyani ilgari suruvchi qahramon sifatida gavdalangani e’tirof etildi.

Miloddan avvalgi VI asrda Turon xalqlarining Ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda To‘maris yurtimizda vatanparvarlik timsoli sifatida ulug‘lanib kelinadi. Qadimiy yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix“ asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II miloddan avvalgi 530 yilda Turonga bostirib kirganida, Amudaryo bo‘ylari va Qizilqumda yashagan massagetlar bilan bosqinchilar o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lgan.

Uzoq vaqt davom etgan og‘ir jangda massagetlar g‘alaba qozongan. Malika To‘marisning buyrug‘i bilan Kirning kesilgan boshi inson qoni bilan to‘lg‘azilgan meshga solingan. “Qonga juda tashna eding, endi ich, qonxo‘r” – To‘maris tilida aytilgan bu xitob urushga, zo‘ravonlikka qarshi chaqiriq sifatida bugun ham odamlar qalbini larzaga soladi.

To‘marisning jasorati va harbiy-siyosiy faoliyati to‘g‘risida xalq dostonlari yaratilgan, jangnoma va rivoyatlar to‘qilgan. Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining “Oysuluv“, Ibrohim Yusupovning “To‘maris“ dostonlari, kompozitor Ulug‘bek Musaevning “To‘maris” baleti ana shu qahramonga bag‘ishlangan. Bolalar uchun multfilm yaratilgan.

Ammo ular orasida yozuvchi Mirkarim Osimning “To‘maris“ qissasi tarixiy haqiqat aniq aks ettirilgan asar hisoblanadi. O‘zining “Astrobod”, “Shiroq”, “Iskandar va Spitamen”, “Temur Malik”, “Mahmud Torobiy”, “O‘tror”, “Zulmat ichra nur”, “Ajdodlar qissasi”, “Jayhun ustida bulutlar”, “Aljabrning tug‘ilishi”, “Ibn Sino qissasi”, “Singan setor” singari qissalari bilan o‘zbek adabiyoti xazinasiga bebaho hissa qo‘shgan Mirkarim Osim massagetlar malikasi qahramonligini ham tarixiy manbalar asosida ishonchli tasvirlab bergan.

Shu bois teatr bosh rejissyori, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan davlatimizning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan Ilhom Normatov sahnada To‘maris obrazini yaratishda aynan Mirkarim Osim qissasini asos qilib oldi.

Ushbu dramatik asarda massagetlar malikasi To‘marisning afsonaviy jasorati turli qarama-qarshiliklar va to‘qnashuvlar, shu jumladan, xarakterlar, maqsadlar to‘qnashuvi orqali badiiy tasvirlab berilgan. Spektakl inssenirovkasida qo‘shimcha personajlar kiritilgani ham asarni mazmunan boyitishga, tomoshabopligini oshirishga xizmat qilgan.

Albatta, har qanday spektaklning muvaffaqiyati aktyorlar mahoratiga bog‘liq. Shu o‘rinda premerada markaziy obraz – To‘maris rolini teatrning iqtidorli aktrisasi Nargiza Mirzaeva muvaffaqiyatli ijro etgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar Abdusoli Normatov, Oliya Eshto‘xtarova, Jamila Dehqonova, Rimma Abdullaeva ijrosidagi tarixiy personajlar to‘laqonli yaratilgani spektaklning tomoshabinlarga manzur bo‘lishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan deyish mumkin.

– Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda teatr san’atini rivojlantirishga qaratilayotgan katta e’tibor tufayli keyingi ikki yilda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi, – deydi teatr direktori Nodira Alimova. – Shu davrda teatr binosi to‘liq ta’mirdan chiqarilib, moddiy bazasi mustahkamlanishi tufayli ijodkorlarga ham, tomoshabinlarga ham barcha qulayliklar yaratildi. Jamoamizda yirik plandagi, yuksak insoniy g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi asarlar sahnalashtirilayotir. “To‘maris”ning sahnalashtirilishi ham teatr jamoasining dadil qadami bo‘ldi.

Spektakl haqida ko‘pchilik ijobiy fikr bildirdi. Demak, teatrda amalga oshirilayotgan yangilanish, o‘zgarishlar o‘z samarasini bermoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“To‘maris” – Jizzax teatrida