Toʻlovlar AQSH dollarida amalga oshirilmaydi
Hindiston Rossiyadan xarid qilgan S-400 raketalari uchun mablagʻ toʻlovini AQSH dollarida amalga oshirmaydi.
Hindiston Rossiyadan xarid qilgan S-400 raketalari uchun mablagʻ toʻlovini AQSH dollarida amalga oshirmaydi. “Interfaks” xabariga koʻra, bu haqda “Rosoboroneksport” rahbari Aleksandr Mixeyev maʼlum qilgan. “Biz toʻlov jarayoni mahalliy valyutalar – rupiya va rublda amalga oshishiga kelishganmiz. Bu jarayonda rus va hind banklari ishtiroki koʻrib chiqiladi”, deydi kompaniya rahbari.