Tizim xodimlariga hurmat ko‘rsatildi
Respublikamizda har yili 4 mart Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun sifatida keng nishonlanadi.
Aholining hayoti va xavfsizligini ta’minlashda, tabiiy ofatlar, yong‘inlar, yo‘l- transport hodisalari va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish va bartaraf etishda ushbu soha xodimlarining xizmati katta.
Ushbu sana munosabati bilan Guliston tumanida tadbir tashkil etilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligining tuman bo‘linmasi tizimida ishlayotgan, favqulodda holatlarning oldini olishda fidoyilik namunasini ko‘rsatayotgan soha xodimlariga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.
[gallery-22099]
Tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Olimjon Jo‘rayev tabiiy ofatlar, texnogen avariyalar va boshqa favqulodda holatlar paytida aholining xavfsizligini ta’minlash, zarar ko‘rganlarga yordam berish kabi muhim vazifalarni bajarish chog‘ida ko‘rsatiladigan jasorat, professional mahoratni e’tirof etib, tizim xodimlarini tuman hokimligi, tuman aholisi nomidan qutlab, alohida minnatdorchilik bildirdi.
Samarali xizmatlari uchun bir guruh faol xodimlar tuman hokimligining tashakkurnomasi, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
G‘ulom Primov,
Shahriyor Ortiqboyev (surat),
O‘zA muxbirlari