Toshkentdagi “Renessans” kino uyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “Tirik tarix” turkum filmlarini suratga olish bo‘yicha Badiiy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Soha mas’ullari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etgan tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov, Tasviriy san’at galereyasi direktori Kamola Oqilova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov va boshqalar keyingi yillarda kino san’atini rivojlantirish yo‘lidagi ishlar va amaliy natijalarga to‘xtalib o‘tdi.

Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari Shuhrat Rizayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “Tirik tarix” turkum filmlarini suratga olish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur loyihasining mazmun-mohiyati haqida taqdimot qildi.

– Mazkur loyiha 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, uning doirasida 50 ta film ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan. Unda 35 ta badiiy film, 2 ta badiiy-publitsistik film, 1 ta qisqa metrajli badiiy film, 1 ta kino serial, 2 ta animatsion film, 1 ta animatsion serial o‘rin olishi ko‘zda tutilgan. Agar turkum jihatidan olganda, 5 ta badiiy-publitsistik filmlar turkumi, 1 ta hujjatli filmlar turkumi va 2 ta qisqa metrajli badiiy filmlar turkumidan iborat bo‘ladi. Ushbu loyihalar xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyati, azaliy qadriyat va an’analarini, Vatan ozodligi yo‘lida kurash olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblari, ulug‘ alloma va mutafakkir zotlar, shoir va adiblar, ma’rifatparvar jadid ajdodlarimiz, atoqli san’atkorlarning hayoti va faoliyatini xolis va haqqoniy, to‘laqonli aks ettirishga qaratilgan, – dedi Sh.Rizayev.

[gallery-14948]

Yig‘ilish ishtirokchilari “Tirik tarix” turkum filmlarini suratga olish bo‘yicha taqdim etilgan loyiha yuzasidan o‘z fikrini bildirar ekan, uning muhim ekani va har tomonlama mazmun va sifatiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

–“Tirik tarix” turkum filmlarini yaratish bo‘yicha dastur loyihasi juda boy, – dedi Tasviriy san’at galereyasi direktori Kamola Oqilova. – O‘z navbatida, tariximiz ham boy va o‘rganilmagan qirralari juda ko‘p. Lekin ushbu dastur asosida ishlarni amalga oshirishda, albatta, katta mablag‘ kerak bo‘ladi. Kino san’ati – kollektiv san’at. Yana bir narsaga e’tiborni qaratmoqchi edim, bu ob’ektivlik masalasi. Chunki tarix ilm-fan bilan bog‘liq. Biz o‘zimizning manbalarimiz bilan birga, xorijiy tadqiqotlarni o‘rganishga imkoniyatimiz bor. Shu sababli, olingan tarixiy mavzuga ob’ektiv nuqtai nazardan yondashish kerak. Yana serqirrali qarash ham zarur. Bu asarlar mazmunini yanada boyitadi.

Yig‘ilish yakunida ushbu dastur loyihasi bo‘yicha bildirilgan fikr va takliflar inobatga olinishi va uning pishiq-puxta ishlab chiqilishida bu kabi muhokamalar zarur ekanligi qayd etildi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tirik tarix” turkum filmlarini yaratish bo‘yicha dastur loyihasi muhokama qilindi